Yillar o‘tadi, avlodlar almashadi, lekin jasorat unutilmaydi. 9-may – o‘z hayotini tinchlik va Vatan ozodligi yo‘lida qurbon qilgan ajdodlarimizni yodga olish, hayot boʻlgan qahramonlarimizga ehtirom ko‘rsatish kunidir. Har bir yod etilgan ism – bir dasta duodir, har bir qadrlangan inson – bir umrga o‘rnakdir. Bu kun bizni birdamlikka, tinchlikning qadriga yetishga va tarixdan saboq olishga chorlaydi.