• ru
  • en
  • uz

“TOSHKENT MTU” FILIАLIDА BАHORGI KO‘RIK DАVOM ETMOQDА!

“Temiryoʼlinfratuzilma” АJ boshqaruv raisi S.Norqabilov,“O‘zbekiston temir yo‘llari” АJ Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshligʼi O.Qarshiev, “Toshkent MTU” filiali boshligʼi O.Xudoyqulov boshchiligidagi komissiya aʼzolari o‘tgan ikki kun mobaynida “Jizzax-Irjar”, Jizzax-Boytogʼ-Chimqo‘rgʼon”, “Jizzax -Xovos” yoʼnalishidagi stansiyalar, korxonalar va xo‘jaliklar holati, inshoot va qurilmalarning sozligi, mehnat muhofazasi hamda harakat xavfsizligi talablarining bajarilishini o‘rganishdi. Ishchi xodimlarga yaratilgan shart sharoitlar, raqamlashtirish jarayonlari hamda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bahorgi koʼrikka ko‘rilgan tayyorgarliklar ko‘zdan kechirildi.

Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo‘yicha rahbariyat tomonidan topshiriqlar berib borilmoqda.