• ru
  • en
  • uz

"TOSHKЕNT MTU" FILIALIDA BAHORGI KO‘RIK BOSHLANDI

“Temiryo‘linfratuzilma” AJ boshqaruv raisi S.Norqabilov, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti boshlig‘i O.Qarshiyev, “Toshkent MTU” filiali rahbariyati boshchiligidagi bir guruh komissiya a’zolari,filialga qarashli stansiyalar, korxonalar  va xo‘jaliklar holati, inshoot va qurilmalarning sozligi, mehnat muhofazasi hamda harakat xavfsizligi talablarining bajarilishini o‘rganishmoqda.
Ko‘rikning birinchi kunida komissiya a’zolari “O‘zbekiston-Guliston” hamda “Guliston- Bekobod” yo‘nalishidagi temir yo‘l uchastkalarida bo‘lib, yo‘l, signallashtirish va aloqa, elektr ta’minoti xo‘jaliklari faoliyatini ko‘zdan kechirib, ishchi xodimlar bilan harakat xavfsizligini ta’minlash borasida savol javoblar, muloqotlar tashkil qildilar. Ko’rik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish bo’yicha rahbariyat tomonidan topshiriqlar berib borilmoqda.