• ru
  • en
  • uz

“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ rahbariyati Urgut tumani hokimi bilan birgalikda Urgut tumanida qurilayotgan yangi temir yoʻl vokzali loyihasini koʻzdan kechirdilar

🚉 “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ rahbariyati Urgut tumani hokimi bilan hamkorlikda Urgut tumanida rejalashtirilayotgan yangi temir yoʻl vokzali loyihasi bilan tanishdi. Tashrif davomida loyiha doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan ishlar, loyihaning zamonaviy infratuzilma talablariga mosligi hamda hududda yoʻlovchilar uchun yaratiladigan sharoitlar muhokama qilindi.

✅ Mutasaddilar tomonidan loyiha boʻyicha axborot berildi. Jumladan, kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan ishlar, mavjud imkoniyatlar, loyihaning iqtisodiy samaradorligi hamda kelgusida yoʻlovchi tashish poyezdlariga qoʻyilishi mumkin boʻlgan narx-navolar toʻgʻrisida soʻz bordi.