✅ Joriy yilning 14-may kuni “Yo‘lovchi vagonlarini texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash” filialida amalga oshirilayotgan ishlar holatini joyida o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralarni belgilash maqsadida, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Bosh direktori boshchiligida sayyor yig‘ilish tashkil etildi.
👥 Yig‘ilish davomida filial hududida olib borilayotgan texnik xizmat ko‘rsatish, vagonlarni ta’mirlash va ularni ekspluatatsiyaga tayyorlash jarayonlari atroflicha ko‘zdan kechirildi. Amaldagi texnologik jarayonlarning samaradorligi, xavfsizlik qoidalariga rioya etilishi hamda mavjud infratuzilmaning holati bo‘yicha mutasaddilarning hisoboti tinglandi.
➡️ Shuningdek, Bosh direktor tomonidan xodimlarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, ish samaradorligini oshirish, ish tartibini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. Yig‘ilish yakunida yaqin istiqboldagi rejalar va ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.