• ru
  • en
  • uz

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-maydagi 23-sonli bayoni

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-maydagi 23-sonli bayoni hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlarining qiziqishlari va xohish-istaklarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (Joriy yilning 28-oktyabrdagi 03-PA-29898/1-son)ning 6-bandiga muvofiq 2025-yilning 27-31-may kunlari oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Orol dengiziga poyezd” yoshlar aksiyasi tashkil etildi. 

➡️ Shuningdek, joriy yilning 28-may kuni O‘zbekistonning barcha hududlaridan saralangan 600 nafardan ziyod faol, tashabbuskor yoshlar “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasida ishtirok etish uchun Qoraqalpog‘istonga yo‘l olishdi.

❗️ O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Turizm qo‘mitasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ va boshqa tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ilk bor tashkil etilgan “Orol dengiziga poyezd” yoshlar ekologik aksiyasi ishtirokchilari Nukus va Mo‘ynoq tumanlariga tashrif buyurib, Orolbo‘yi ekologik muammolar ko‘lami bilan bevosita tanishish, hududda amalga oshirilayotgan ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy tiklash ishlari haqida batafsil ma’lumot olish imkoniga ega bo‘ladilar.

🍔 Toshkent shahrining Janubiy vokzalida tashkil etilgan marosimda Turizm qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sardor Niyazov talaba yoshlarga oq yo‘l tilab, “Orol dengiziga poyezd” aksiyasi yoshlar uchun nafaqat unutilmas safar, balki Orolbo‘yi muammolariga barqaror yechimlar topish hamda mintaqada ekologik va mahalliy turizmni rivojlantirish yo‘lida faol ishtirok etishlariga turtki bo‘lishini ta’kidladi.