• ru
  • en
  • uz

"NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI"AJ ISHCHI XODIMLARINI TASHISH UCHUN MO‘LJALLANGAN YANGI 15 TA O‘RINDIQLI VAGON FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

 
Davlatimiz rahbari 2024 yil 19 mart kuni Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodiga tashrifi chog‘ida vagonsozlikni bugungi zamon talabi asosida rivojlantirish, ishlab chiqarilayotgan vagonlar dizaynini o‘zgartirib, yo‘lovchilarga qulaylikni oshirish zarurligiga e'tibor qaratdi. Ayniqsa, kon-metallurgiya korxonalari uchun maxsus vagonlar qurishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq vazifalar bergan edi.
"Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta'mirlash zavodi" AJ tomonidan ishlab chiqarilgan, yangi 61-933 rusumdagi vagonlar ana shu ko‘rsatmalar asosida qurilgan bo‘lib, ular bugungi zamon talablariga to‘liq javob beradi. Navoiy KMKga topshirilgan ushbu vagonlar umumiy 160 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lib,110 ta o‘rindiqqa ega. Havo sovitish va isitish tizimi bilan jihozlangan.