• ru
  • en
  • uz

Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi ogoh bo'ling!

“Toshkent MTU” filialida ushbu oylik doirasida oʻtkazilgan tadbirda, filial boshlig’i O. Xudoyqulov hamda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpoʻlat Matibaevlar soʻzga chiqib, 5 mart kuni boʻlib oʻtgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi yigʻilishida, Davlatimiz rahbari tomonidan yurtimizda korrupsiyadan xoli muhit yaratish boʻyicha vazifalar belgilab berilgani, so'ngi yillarda bu illatga qarshi kurashish boʻyicha qonunlar qabul qilingani aytib oʻtildi.
Tadbir ishtirokchilariga korrupsiyaning kelib chiqishini oldini olish borasida va uning oqibatlari toʻgʻrisida tushunchalar berildi. Jamiyat tarkibidagi barcha korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish boʻyicha birinchi rahbarlar mas'ul ekanligi, joylardagi xodimlar oʻz lavozim va xizmat majburiyatlarini halol va vijdonan bajarib, korrupsiyaviy holatlarga qarshi birgalikda kurarshishi lozimligi ta'kidlab oʻtildi.