Joriy yilning 8-may kuni Nº58-sonli Toshkent-Shovot yoʻlovchi
poyezdining 19-vagonida safarga chiqqan yoʻlovchilardan biri shu
vagon ichidagi harorat yuqoriligi yuzasidan shikoyat kilgan. Shundan
soʻng vagon kuzatuvchisi Jabarov B. tomonidan vagondagi fortochkalar
ochib berilgan, lekin 9-platskartadagi fortochka tashki tomondan (kum va chang kirmasligi maksadida) germetik qilinganligi sababli vagon harakati davomida ochish imkoniyati boʻlmagan, biroq yoʻovchilarga qulaylik yaratish maqsadida bu kamchilik, poyezd Guliston temir yoʻl bekatiga yetib borgunga qadar poyezd elektromexanigi Xasanov Sh., poyezd boshligʻi Kamolov A. va vagon kuzatuvchisi Jabarov B.lar tomonidan bartaraf qilingan.
Shuningdek ma’lumot oʻrnida shuni ham ta’kidlab oʻtish joiz-ki, poyezd vagonlari VCHD-2 filialida texnik koʻrik oʻtkazish davomida ochik (kuyoshli) joyda turganligi sabab vagon kuzov qismi isishi aniq va uning sovushiga vaqt talab etiladi.
Olib borilgan tezkor xizmat tekshiruvi davomida mazkur yoʻlovchi poyezd tarkibidagi 19-vagon zavod raqami Nº073-26515 vagon ekanligi, ushbu vagon soʻngi reja DR. tamiridan 09.02.25yil kuni "TVSRZ" AJdan chiqarilganligi, soʻngi TO-1 2025-yilning 8-may kuni VCHD-2 filialining xodimlari tomonidan texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi va yoʻnalishga texnik kamchiliklarsiz soz xolda yuborilganligi aniqlangan.
Ma’lumot oʻrnida, Nº073-26515-sonli vagon reja tamiridan yani 10.02.2025y. kunidan 08.05.2025y. kunigacha Nº305-sonli Toshkent-Moskva yoʻlovchi poyezdi tarkibida
yurgan va vagondagi ventilyatsiya hamda havoni sovutish tizimida hech qanday kamchiliklar kuzatilmagan va yoʻlovchilar tomonidan hech qanday etirozlar bildirilmagan.