• ru
  • en
  • uz

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga izoh

 

Ushbu video lavhada so‘zga olingan yo‘lovchi poyezdi 302- raqamli “Toshkent — Dushanbe” yo‘nalishida qatnovchi poyezd bo‘lib, ushbu poyezd Tojikiston Respublikasi temir yo‘llariga qarashliligini maʼlum qilamiz. Shuningdek, ushbu xabarni tarqatgan shaxs bu holat vaqtida poyezd ichida bo‘lmaganligini maʼlum qilamiz.

Shunga qaramasdan mutasaddilarimiz tomonidan tezkorlik bilan surishtiruv ishlari olib borildi va holatga oydinlik kiritildi.Poyezdda kelayotgan 1 nafar yo‘lovchi vagon kuzatuvchisidan choy olib kelishini so‘ragan, ushbu poyezd boshqa davlatga qarashli bo‘lgani uchun hamda ko‘rsatilayotgan servis xizmatlari pullik bo‘lganligi uchun vagon kuzatuvchisi va yo‘lovchi o‘rtasida tushunmovchilik yuzaga kelgan va yo‘lovchi poyezdda bo‘lmagan hamkasbiga ushbu xabarni tarqatgan.Ushbu holat yuzasidan poyezd xodimlari tomonidan tushuntirish ishlari olib borilib vaziyatga oydinlik kiritilgan hamda muammo bartaraf etilgan.

Yuqoridagi rasmda ushbu poyezdga tasdiqlangan kalkulyatsiya bilan tanishib chiqishingiz mumkin