Ushbu holat yuzasidan izoh:
❗️ Ushbu yoʻnalishdagi elektropoyezd 2024-yilning dekabr oyida yurtimizga olib kelingan shahar atrofida harakatlanuvchi birinchi zamonaviy EP3D-rusumli elektropoyezd hisoblanib, 6 ta vagondan tashkil topgan. Umumiy yoʻlovchilar sigʻimi 1 154 nafarni tashkil etib, shundan 586 nafari oʻrindiqlarga joylashgan holda harakatlanishi mumkin.
Yoʻlovchilar elektropoyezdda harakatlanish uchun toʻlovlarni amalga oshiradi.
〰️ Bundan tashqari, har kuni qatnaydigan "Toshkent-Qoʻngʻirot-Toshkent", "Toshkent-Termiz Toshkent", "Toshkent-Xiva-Toshkent", "Аndijon-Xiva-Аndijon" haftasiga 5 marta qatnaydigan "Аndijon-Termiz-Аndijon", haftasiga 3 marta qatnaydigan "Toshkent-Shovot-Toshkent” hamda "Toshkent-Olot-Toshkent", Аndijon-Qoʻngʻirot-
Аndijon" kabi yoʻlovchi poyezdlari kuniga 12 mingdan 15 minggacha yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatadi.
📣 Temir yoʻl transportida yoʻlovchilarni tashish boʻyicha
mavjud 33 ta yoʻnalishda, 44 ta yo'lovchi poyezd xizmat ko'rsatib, kuniga oʻrtacha 27,5 mingdan ortiq
yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatib kelmoqda.
⏩ Shunga qaramasdan talab va taklifdan kelib chiqqan holda, kelgusida 20 ta zamonaviy shahar atrofida harakatlanuvchi elektropoyezd, 6 ta yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezd hamda 200 ta yangi yo'lovchi vagonlarni xarid qilish bo'yicha tizimli ishlar boshlab yuborilgan.
✅ Hurmatli yoʻlovchilar sizda talab va takliflar mavjud boʻlsa ushbu link orqali bizga yozib qoldirishingiz mumkin:@temiryoluzbot
❕ Shu oʻrinda, Ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar tarqatishda asosga ega bo’lmagan yoki tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni soʻrab qilamiz.