shikoyatlar yuzasidan izoh:
👥Hozirgi kunga qadar «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning mutaxassislari tomonidan ventilyatsiya tizimidagi havo filtrlari tozalanib kelinmoqda, sovitish tizimlari freon bilan to‘ldirilmoqda. Shuningdek, nosoz ehtiyot qismlar yangilariga almashtirilib, butun tizim sinovdan o‘tkazilmoqda. Shu bilan birga mavsumiy tayyorgarlik ishlari davom etmoqda va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar qatʼiy nazorat ostida olib borilmoqda.
➡️ Shuningdek, vagon ichki qismlariga chang kirishini oldini olish maqsadida barcha kirish eshiklari, deraza qismlari va chang kirishi mumkin bo‘lgan joylar maxsus usulda zichlab berkitilmoqda. Germetizatsiya ishlari ham amalga oshirilmoqda. Natijada texnik xizmatdan o‘tgan va sovitish tizimlari to‘liq ish holatiga keltirilgan vagonlar harakatga tayyor holga keltirilmoqda.
👤 Yo‘lovchilardan kelib tushayotgan fikr va takliflar doimiy ravishda o‘rganilib, servis xizmatlarini yana-da yaxshilashga doir amaliy choralar ko‘rilmoqda.