• ru
  • en
  • uz

Ijtimoiy tarmoqda tarqatilgan poyezd “Sanitariya holatlaridan shikoyat” sarlavhali maqolaga izoh

 

Shuni taʼkidlash joizki, har bir yo‘lovchi poyezdini reysga chiqarishdan oldin, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik  jamiyatiga qarashli VCHD-2 muassasasida vagonlarning texnik va sanitar holatlari atroflicha nazorat qilinib, SES tomonidan hasharotlarga qarshi dorilash, o‘rindiqlarga to‘shaladigan choyshablarni yuvib, dazmollab, sellofan qoplarga qadoqlash ishlari amalga oshiriladi. 

Ushbu maqolani tarqatgan ijtimoiy tarmoq mutasaddilaridan mazkur murojaatni yo‘llagan murojaatchining familiyasi ismi yoki telefon raqami “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ga taqdim qilinsa, holatga yana-da tezroq oydinlik kiritilar edi. Yo‘l davomida yo‘lovchilardan hech qanday shikoyatlar tushmagan.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ shuni maʼlum qiladiki, yo‘lovchilarni manziliga zamonaviy, qulay vagonlarda tez va xavfsiz yetkazib qo‘yish maqsadida, o‘tgan 2024 yilda 30 ta yangi:  kupe, platskart, biznes, ekonom toifali vagonlar xarid qilindi. Bosqichma-bosqich bu jarayon davom etmoqda.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati