• ru
  • en
  • uz

HАRАKАT XАVFSIZLIGINI TА’MINLАSH BO‘YICHА KENGАYTIRILGАN YIGʼILISH O‘TKАZILDI

 

Transport nazorati inspektsiyasi, Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi nazorati departamenti, “Temiryo‘lekspress” АJ tomonidan
tashkil etilgan ushbu tadbirda, Toshkent, Buxoro, Qarshi MTU filiallari va boshqa masʼul rahbarlar hamda “Аfrosiyob” mashinist brigadalari va yo‘riqchilari ishtirok etdi.
Unda yuqori tezlikda harakatlanish temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakati xavfsizligini taʼminlash, mashinistlar tomonidan aniqlanayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish xususida so‘z bordi. Shuningdek, mashinistlar faoliyatida duch kelayotgan muammolar, harakat xavfsizligiga taʼsir ko‘rsatayotgan omillar, ularni bartaraf etish choralari borasida suhbatlashildi va masʼullarga takliflar berildi.

Mashinistlarga, harakat xavfsizligini taʼminlash, harakat davomida uchragan kamchiliklarga eʼtiborli bo‘lganliklari uchun ragʼbantirilib, esdalik sovgʼalar topshirildi.