• ru
  • en
  • uz

HARAKAT XAVFSIZLIGI KUNIDA “TOSHKENT- CHINORKENT” YO‘NALISHIDAGI STANSIYALARDA BAHORGI KO‘RIK O‘TKAZILDI

Poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlashda to‘siq bo‘ladigan nuqson va kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf qilish maqsadida,“O‘zbekiston temir yo‘llari”AJga qarashli barcha temir yo‘l uchastkalarida, haftaning chorshanba kunlari harakat xavfsizligi kuni o‘tkaziladi. “Toshkent MTU” filialida bahorgi ko‘rik o‘tkazayotgan komissiya a'zolari 14 may kuni “Toshkent-Chinorkent”yo‘nalishidagi 10 та stansiyani, shuningdek, “Baytqo‘rg‘on-Parkent yo‘nalishidagi yangi temir yo‘l qurilishini ko‘zdan kechirdilar.
  Xo‘jaliklarning holati, inshoot va qurilmalarning sozligi, mehnat muhofazasi, yong’in hamda harakat xavfsizligi talablarining bajarilishi atroflicha o‘rganildi.
  Ko‘rik davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish, ish samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha mas’ul xodimlarga rahbariyat tomonidan topshiriqlar, ko‘rsatmalar berildi.