Oʻzbekiston lokomotiv deposida poyezdlar harakat xavfsizligini ta'minlashda uchrayotgan nostandart holatlar, kamchiliklar va ularni bartaraf qilish choralariga bagʻishlab ochiq muloqot oʻtkazildi.
Tadbirda, lokomotiv brigalarning harakat xavfsizligini ta'minlash borasidagi savollariga, Jamiyatning Tashishlarni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi F.Norboev, Yagona dispetcherlik markazi boshligʻi oʻrinbosari J.Ataxadjaev, “Toshkent MTU” filiali bosh muhandisi M. Sadikov, Oʻzbekiston lokomotiv deposi boshligʻi O.Maxsumov va boshqa mas'ullar tomonidan javob qaytarildi va takliflari oʻrganildi.
Lokomotiv brigadalar harakat xavfsizligini ta'minlashda uchraydigan nuqson va kamchiliklarga birinchi bo'lib guvoh boʻlishadi.Bunday uchrashuvlar kamchiliklarni bartaraf qilishda yaxshi samara berayotgani, shu bois hamkorlikni yanada kuchaytirib, kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrish zarurligi ta'kidlab oʻtildi.