Farg'ona, Andijon va Namangan viloyatlari bo'ylab harakatlanuvchi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlaridan foydalanuvchilar diqqatiga!

Yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida 2024-yilning 25-iyul sanasidan “Qo‘qon — Namangan — Andijon — Marg‘ilon — Qo‘qon” yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar chipta narxiga o‘zgartirishlar kiritiladi. Chipta narxlari bilan yuqoridagi jadvalda tanishishingiz mumkin. 

Shuningdek, ushbu yo'nalishlarida harakatlanuvchi barcha shaharlararo yo‘lovchi poyezdlari yo‘lovchilari elektron to‘lov tizimi (ATTO) orqali to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati