Joriy yil 12-lyun kuni “Toshkent MTU” filialiga qarashli Paxta temir yo‘l bekati hududidagi juft yo‘lda strelkali o‘tkazgichni almashtirish ishlari amalga oshirildi.
Ushbu jarayonni Toshkent temir yo‘l masofasi korxonasining tajribali yo‘lsozlari barcha yo‘lovchi va yuk poyezdlar, shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi poyezdlar harakatiga xalaqit bermasdan “okno” olgan holda sifatli qilib bajardilar.
“Toshkent-MTU” filiali boshligʼi O.Xudoyqulov hamda filial boshligʼining o‘rinbosari X.Jalalovlar ushbu hududda bo‘lib, ish jarayonini ko‘zdan kechirdilar hamda harakat xavfsizligini taʼminlash borasida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar bo‘yicha masʼul xodimlarga ko‘rsatmalar berdilar.