❗️habarlarga izoh
✅Pop tumani temir yo‘l vokzali hududida yo‘lovchilar kutish zallari va boshqa funksional maydonlarda o‘rnatilgan konditsioner qurilmalari to‘liq ishchi holatda bo‘lib, ayni paytda har bir qurilma me’yoriy texnik talablarga muvofiq ravishda faoliyat yuritmoqda.
⏩ Vokzalning sovitish tizimi doimiy ravishda nazorat ostida bo‘lib, texnik xizmat ko‘rsatish mutaxassislarimiz tomonidan belgilangan jadval asosida muntazam ko‘zdan kechiriladi. Shuningdek rahbarlar tomonidan ushbu sovutish tizimlarini ishlatish yuzasidan cheklovlar qoʻyilmagan.
📄 Shuningdek,yoʻlovchi chiqqan ushbu poyezd vagoni o‘rnatilgan tartibda o‘z muddatlarida texnik ta’mirlardan o‘tkazilgan. Ushbu vagonga o‘rnatilgan sovutish tizimi, texnik shartlariga ko‘ra, tashqi havo harorati +40 C darajadan yuqorilab ketganda, tizimning sovutish samaradorligi yo‘qoladi. Hozirgi kunlarda mamlakatimiz hududi bo‘ylab kuzatilayotgan anomal issiq havo harorati tufayli ayrim vagonlarning sovutish tizimlarida nosozliklar kuzatilmoqda.
❕ Shu oʻrinda, Ijtimoiy tarmoqlarda yangiliklar tarqatishda asosga ega bo’lmagan yoki tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikni soʻrab qilamiz.
🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati