• ru
  • en
  • uz

HАRАKАT XАVFSIZLIGI VА MEHNАT MUHOFАZАSINI TА'MINLАSH DOLZАRB VАZIFА!

10 iyul kuni “Toshkent MTU” filialida ushbu mavzuda tadbir o‘tkazildi. Filial boshligʼining birinchi o‘rinbosari Gʼ.Mamadaliyev boshqargan mazkur yigʼilishga harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini taʼminlashda uchrayotgan kamchiliklar tahlil qilindi. Harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasi departamentining “Toshkent MTU” filiali bo‘yicha bosh noziri H. Gafurov 2024 yil va 2025 yilning o‘tgan davri mobaynida harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini taʼminlashda uchragan nostandart holatlar bo‘yicha videorlik namoyish qilib, yo‘l qo‘yilgan xatoliklar va ularning oqibatlari borasida so‘z yuritdi.
Yig'ilishda stansiyalar boshliq va navbatchilari, mashinistlar hamda harakat xavfsizligi va mehnat muhofazasini taʼminlashga masʼul xodimlarga, rahbariyat tomonidan joylarda kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning bilim va tajribasini yanada oshirish borasida ko‘rsatmalar berildi

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati