• ru
  • en
  • uz

350 kv.t. quyosh elektr stansiyasi o‘rnatish bo‘yicha e’lon

    calendar_month Start at: 26.01.2026 16:53 calendar_month Finish: 31.12.2026 16:53 payments Starting price: 1,00 uzs

Jamiyatimiz tasarrufidagi “Yo‘lovchi vagonlarni reysga texnik va texnologik tayyorlash, ta’mirlash filiali VChD-2” (330 kVt) hamda Urgut vokzali (20 kVt) obyektlarida energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etish va elektr energiyasi sarfini qisqartirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi PQ-222-son “Energiya resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori, 2025-yil 27-martdagi PF-63-son “Energiya samaradorligini oshirish sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish va energiya servis kompaniyalari xizmatlari bozorini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisining 2025-yil 14-iyuldagi 335-N-sonli qarori ijrosini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Mazkur hujjatlar ijrosi doirasida jamiyat tizimidagi korxonalarda energiya samaradorligini oshirish, muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hamda elektr energiyasi xarajatlarini kamaytirish maqsadida jami 350 kVt quvvatga ega quyosh panellarini (quyosh panellari, invertorlar, montaj konstruksiyalari, elektr jihozlari va barcha zarur sarf materiallari bilan birga) yetkazib berish va o‘rnatish rejalashtirilmoqda.

Shu munosabat bilan, mazkur loyiha bo‘yicha quyosh panellarini yetkazib berish, o‘rnatish, ishga tushirish, shuningdek kafolat va servis xizmatlarini o‘z ichiga olgan holda narxlar hamda yetkazib berish muddatlari to‘g‘risidagi tijorat takliflari quyidagi manzil orqali manfaatdor yetkazib beruvchi tashkilotlardan belgilangan tartibda qabul qilinadi:

Toshkent shahar, Mirodod tumani. Turkiston ko’chasi 7-uy.

Elektron manzil: uzjeldorpass@mail.ru, l@uzrailway.uz

faks: (998-71) 299-72-39

Contacts

phone_enabled

Information

+998 71 299-94-50
phone_enabled

Helpline

1005
email