• ru
  • en
  • uz

E’LON

Hurmatli yo‘lovchilar!

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati Sizga ma’lum qiladiki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-329-son qaroriga muvofiq, umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti infratuzilmasi obyektlari va lokomotivlarni taqdim etish, mahalliy yo‘nalishlarda yo‘lovchilarni tashish xizmatlari (yuqori tezlikda harakatlanuvchi va tezyurar poyezdlarda yo‘lovchilarni tashish bundan mustasno) tariflari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasi tomonidan tartibga solinishi belgilangan.

Shu munosabat bilan, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” aksiyadorlik jamiyati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 2025-yil 15-dekabr kungi yig‘ilishi bayonnomasi qaroriga muvofiq quyidagilar tasdiqlanganligini ma’lum qiladi:

  • ichki qatnovlarda umumiy foydalanishdagi temir yo‘llarda oddiy yo‘lovchi poyezdining “M-LYUKS” vagonlarida yo‘lovchi tashish xizmatlari tariflari;
  • vokzallarda yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan xizmatlar tariflari. (Ma’lumot uchun: mazkur tarif chipta narxining umumiy qiymatiga ta’sir qilmaydi hamda temir yo‘l tashkilotlarining o‘zaro hisob-kitoblari uchun foydalaniladigan tarif hisoblanadi).

 

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ