.

Карта сайта

Новости

Hurmatli aksiyadorlar!

05.05.2022
Hurmatli aksiyadorlar!
“O‘ZTEMIRYO‘LYO‘LOVCHI”
aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi
Sizlarga shuni ma’lum qiladiki:

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini 2022-yil 27-may kuni Toshkent shahri, Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi, 7-uy, “O‘ZTEMIRYO‘LYO‘LOVCHI” AJ markaziy idora binosida bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish soat 16:00da, aksiyadorlarni ro‘yxatga olish esa soat 15:00da boshlanadi.
2022-yil 5-may jamiyat Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi to‘g‘risidagi aksiyadorlarni xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestrini tuzish sanasi.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri tuzilgan sana 2022-yil 23-may.

KUN TARTIBI:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-son “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ balansida bo‘lgan “XIVA-LOKOMOTIV” MChJga tegishli mehmonxona binosini Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga o‘tkazish to‘g‘risida.
2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi reglamentini tasdiqlash.
3. Jamiyat sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini aniqlash to‘g‘risida.
Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga oid materiallar bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi 7-uyda, tanishish mumkin tel. 71 299-70-76.
Jamiyat aksiyadorlari o‘zlari bilan passport, aksiyadorlar vakillari esa – notarial tasdiqlangan ishonchnoma, yuridik shaxslar – amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq tuzilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasining 06.05.2014-yildagi O‘RQ-370-son Qonuniga asosan. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” barcha aksiyadorlardan pasport ma’lumotlari va STIR, pochta manzili, shuningdek, o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berishlarini so‘raymiz. Elektron pochta manzili uzjeldorpass_lf@mail.ru.

“O‘ZTEMIRYO‘LYO‘LOVCHI” AJ Kuzatuv kengashi.

Обращения граждан

Согласно Закону Республики Узбекистан «Об обращениях физических и юридических лиц» граждане и юридические лица Республики Узбекистан, иностранные граждане и лица без гражданства имеют право обращаться в государственные органы с заявлением, предложением и жалобой.