Uz En  Ru 
.

Sayt xaritasi

​Yo'lovchilar qulayligi uchun

​Yo'lovchilar qulayligi uchun

07.05.2022
Ma'lumki, bayram va qo'shimcha dam olish kunlari viloyatlararo yo'nalishlarda yo'lovchilarni tashish, ayniqsa, boshqa transport turlariga nisbatan eng ko'p yo'lovchilar tashish ulushiga ega bo‘lgan temir yo'l qatnovlariga talab yuqori bo‘ladi. "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyati tomonidan Ramazon hayiti bayrami arafasida yo‘lovchilarga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida qo'shimcha qatnovlar tashkil etildi, shuningdek, poezdlarning grafik reyslariga qo'shimcha vagonlar ham biriktirildi. Aynan shu kunlarda Jamiyatning rasmiy veb-sayt serveriga yuklama ortayotgani hisobiga elektron temir yo'l hujjatlarini (chiptalarni) sotib olish uchun mo'ljallangan e-ticket.railway.uz saytining yangi, chipta.railway uz beta versiyasi yaratildi. Har ikkala sayt ham parallel ravishda ishlaydi va yaqin kelajakda yagona platforma sifatida ishlaydi. Dasturchilar tomonidan yo'lovchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida yana bir qator qo'shimcha qulayliklar joriy etilmoqda. Bular haqida batafsil yaqin orada xabar beramiz.

FUQAROLARNING MUROJATLARI

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlat organlariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.