Yoʻlovchi poyezdlar chipta narxlari so`nggi marta 2018-yilda mahalliy yo`nalishlarda, 2019-yilda yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdida qayta koʻrib chiqilgan boʻlib, oxirgi 4-5 yil mobaynida tariflar oʻzgarishsiz qolib kelmoqda. 2019-2022 yillar va 2023-yilning 9 oyi davomida Respublikamizda ish haqi miqdori 2.4 barobarga, elektroenergiya va yoqilg`i narxlarining, logistika va transport xarajatlarining sezilarli darajada oshganligi, shuningdek, yo`lovchi vagon parklarini yangilash, yangi poyezdlarni xarid qilish, temir yo`l vokzallarini zamon talablariga mos ravishda saqlashni hisobga olgan holda chiptalar narxiga o`zgartirishlar kiritilmoqda.
Shu munosabat bilan "O`zbekiston temir yo`llari" AJ Yo`lovchi tashish xo`jaligidagi yo`lovchi chiptalarni 2023-yilning 20-oktabr sanasidan mahalliy yo`nalishlardagi yo`lovchi poyezdlari chipta narxlarining tarif qismi 50% ga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi "Afrosiyob" elektropoyezdlari chiptalari to`liq narxining 100%ga oshirilishini ma'lum qiladi. Hurmatli yo`lovchilar, temir yo`l xizmatlaridan foydalanayotganingiz uchun o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz hamda temir yo`l sohasida olib borilayotgan islohotlarni to`g`ri qabul qilishingizni so`raymiz!