Uz En  Ru 
.

Sayt xaritasi

“Yashil makon” loyihasida temir yo‘l tizimining barcha soha xodimlari faol

“Yashil makon” loyihasida temir yo‘l tizimining barcha soha xodimlari faol

11.12.2021
5.jpg

Bugungi kunda yurtimizning barcha shahar, tuman hamda viloyatlarida yashil tabiatni yaratish va uni ko‘paytirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida faol amalga oshirilmoqda. Tarmoqning barcha korxona, zavod, tashkilot hamda muassasalarida birdek atrof-muhitni ko‘kalamzorlashtirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Tizimda davlatimiz rahbarining joriy yilning 2 noyabr kuni o‘tkazgan yig‘ilishida belgilab bergan topshirig‘iga muvofiq, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha sa’y-harakatlar puxta dastur va reja asosida olib borilmoqda. Ya’ni tizim tasarrufidagi 6ta mintaqaviy temir yo‘l uzellariga qarashli korxona, depo, stansiya, vokzallarning maydonidan kelib chiqqan holda mevali va manzarali ko‘chat va butalarni o‘tqazish loyihasi ishlab chiqildi va amaldagi ijrosi ham nazoratga olindi. 

– “Yashil makon” umummilliy loyihasining amaldagi natijasi 2 noyabrdan 10 dekabrgacha bo‘lgan muddat ichida daraxt ekish bo‘yicha “Dolzarb 40 kunlik” deya e’tirof etildi, – deydi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining Yuqori turuvchi, mahalliy hokimiyat va o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan o‘zaro munosabatlar boshqarmasi boshlig‘i muovini Asror Turaxanov. – Mazkur loyiha doirasida Respublika miqyosidagi barcha temir yo‘l hududlarida 286ta yangi yashil maydon yaratildi. Shuningdek, loyiha doirasida Respublika bo‘ylab barcha temir yo‘l tizimiga qarashli yer maydonlariga 43 ming 126 tup manzarali, 3 ming 250 tup turli xil buta hamda 20 ming 90 tupdan ortiq har xil turdagi mevali ko‘chatlar ekildi. Bu ishlar kundalik ravishda boshqarma apparatidagi mas’ul xodimlar tomonidan qat’iy nazoratga olib borilmoqda. Shuning asnosida tizimga qarashli korxona va tashkilotlarning ichki va tashqi hududlariga, tasarrufdagi oromgoh hamda Temiryo‘lchilar madaniyat saroyi maydonlariga, temir yo‘l stansiyalari oralig‘idagi peregonlar atrofiga, zavod hamda korxonalarga ham manzarali ko‘chatlar bilan birga o‘rik, jiyda, olma, nok, yong‘oq kabi mevali daraxtlar ekilmoqda. 

Shuni alohida e’tirof etish joizki, hozirgi kunda nafaqat yurtimizda balki, butun dunyoda sodir bo‘layotgan iqlim o‘zgarishlari barchamizni birdek tashvishga solmoqda. Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu loyihalar ona tabiatni asrashga va yurtimizni yashillikka burkashga yordam beradi. Mazkur loyihani bahor oylarida ham samarali davom ettirish esa har birimizga foyda keltirib, yangilanish va yasharish sari chorlaydi. Bu qilinayotgan ijobiy sa’y-harakatlar xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash va ezgulikni yoshlar qalbi, ongu shuuriga singdirish, qishloq va shaharlar, tuman hamda mahallalarni ko‘rkam ko‘rinishga keltirishga xizmat qiladi.

Ushbu “Yashil makon” umummilliy loyihasida temir yo‘l tizimida faoliyat yuritayotgan yoshlar, barcha soha xodimlari va mutasaddi rahbarlar ham faol ishtirok etmoqda.

Axborot-tahliliy media markaz



FUQAROLARNING MUROJATLARI

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlat organlariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.