Xalqaro xotin-qizlar bayrami muborak, aziz va muhtarama ayollar!
Bayram tadbirida dastlab Jamiyat boshqaruvi raisi v.b. X.Xasilov so’zga chiqib, barcha temiryo’lchi ayollarni ushbu go’zal ayyom bilan chin dildan muborakbod etdi.
– Shuni alohida mamnuniyat bilan ta’kidlashni xohlardimki, bugungi kunda sohamizda 14 mingdan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda, – deya alohida ta'kidladi X.Xasilov. – Temir yo‘l sohasida yuk va yo‘lovchi tashish, ishlab-chiqarishdagi yuqori ko‘rsatkichlarga erishish hamda mamlakatimiz hayotidagi muhim bunyodkorlik ishlarida biz – erkaklar bilan yelkama-yelka turib mehnat qilayotganliklari yurtimizdagi barcha ayollarga o‘rnak bo‘lib kelmoqda. Hukumatimiz tomonidan temiryo‘lchi xotin-qizlar mehnati hamisha yuksak qadrlanib kelinmoqda. Shu kungacha 41 nafar temiryo‘lchi ayol turli davlat mukofotlari bilan, 120 nafari esa “Faxriy temiryo‘lchi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar. Men o‘ylaymanki, bunday yutuqlar bardavom bo‘ladi, temiryo‘lchi ayollarimiz orasida mamlakatimizning yuksak e’tirofi va unvonlariga sazovor bo‘lganlar safi kengayib boradi.
Shuningdek, tadbirda, bugungi kunda sohamizning mehnatsevar va fidoyi xotin-qizlari sohamizning yo‘l xo‘jaligi, energiya ta’minoti, lokomotiv, vagon va konteynerlardan foydalanish, yo‘lovchi tashish xo‘jaliklari, loyiha va qurilish yo‘nalishlari kabi eng mas’uliyatli yo‘nalishlarida oddiy ishchi-xodimdan rahbar lavozimigacha faoliyat yuritib kelayotganiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi, Xususan, ana shu barcha korxonalarda kadrlarga o‘z malaka va tajribalarini o‘rgatayotgan, ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan, pensiya yoshidagi ayol opalarimizga sadoqatli mehnatlari uchun chuqur minnnatdorlik bildirildi.
Tantanali tadbirning badiiy qismida el ardog’idagi san'atkorlarning kuy-qushiklari o’zgacha fayz bag’ishladi va bayramni ko’tarinki kayfiyatda o’tishiga omil bo’ldi.
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlat organlariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.