Talabalar uchun chegirmalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 20 dekabr kunidagi “2022-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida” PF-35-sonli farmonining ijrosini ta’minlash hamda yo‘lovchilarga Navro'z-umumxalq bayramida chegirmalar berish maqsadida “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan Respublikamiz hududida tahsil olayotgan talabalarga 2022 yil 21 mart kunidan 2022 yil 23 mart kunigacha harakatlanadigan poyezlarga chiptaning tarif qismidan 15 % bayram chegirmalar taqdim etildi.
Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-oktabrdagi “Raqamli O‘zbekiston - 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-son farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida bugungi kunda barcha amaliyotlar bosqichma-bosqich raqamlashtirish tizimiga o‘tkazilmoqda.
Shu bilan birga talabalarga jamiyatimizning “chipta.railway.uz” web-sayti orqali onlayn tarzda chegirmali chiptalarni sotib olishlari uchun imkoniyatlar yaratildi.
Bugungi kunda statistik ma’lumotlarga ko‘ra talabalar tomonidan jami 377 ta chegirmali chiptalar harid qilingan bo‘lib, shundan 322 ta chipta onlayn tarzda “chipta.railway.uz” web-sayti orqali harid qilingan.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan yo‘lovchilarga qo‘shimcha imkoniyat va qulayliklar yaratish maqsadida “chipta.railway.uz” web-sayti orqali barcha umumxalq bayram kunlarida imtiyozli va chegirmali chiptalarni harid qilish uchun imkoniyatlar yaratilganligini ma’lum qiladi.
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlat organlariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.