O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi "Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PQ-135 son qaroriga muvofiq temir yo`lda yo'lovchi tashish transportiga xususiy sektorni jalb qilish maqsadida shahar atrofi yo'lovchi poyezdlarni xarid qilgan holda sinov tariqasida birinchi navbatda "Toshkent — Bo'stonliq — Toshkent" yo'nalishida yo'lovchi poyezdlar qatnovlarini yo'lga qo'yishni rejalashtirayotgan tadbirkorlar uchun "O'zbekiston temir yo'llari" AJ tanlov e'lon qiladi.
Ushbu sohaga qiziqish bildirayotgan tadbirkorlar joriy yilning 20-iyul kuniga qadar takliflaringizni "O'zbekiston temir yo'llari" AJ rahbariyatiga yozma ravishda
uzjeldorpass@mail.ru elektron pochtasi orqali taqdim qilishingizni so'raymiz.
Qo'shimcha ma'lumotlarni +99893 500 04 50 telefon raqami orqali bilib olishingiz mumkin.