Uz En  Ru 
.

Sayt xaritasi

Hurmatli aksiyadorlar!

Hurmatli aksiyadorlar!

14.04.2022

Hurmatli aksiyadorlar!
“O‘ZTEMIRYO‘LYO‘LOVCHI” 
aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi
Sizlarga shuni ma’lum qiladiki:
 
         Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini 2022-yil 06-may kuni Toshkent shahri, Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi, 7-uy, “O‘ZTEMIRYO‘LYO‘LOVCHI” AJ markaziy idora binosida bo‘lib o‘tadi.
         Yig‘ilish soat 16:00da, aksiyadorlarni ro‘yxatga olish esa soat 15:00da boshlanadi.

2022-yil 11-aprel jamiyat Kuzatuv kengashining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi to‘g‘risidagi aksiyadorlarni xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestrini tuzish sanasi.

   Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri tuzilgan sana 2022-yil 27-aprel.

 

KUN TARTIBI:

1.           Jamiyat sanoq komissiyasining miqdoriy va shaxsiy tarkibini aniqlash to‘g‘risida.

2.           Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi reglamentini tasdiqlash.

3.           Jamiyatning 2021-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy  faoliyatini tashqi audit tekshiruvidan o‘tkazish uchun auditorlik tashkilotini tasdiqlash hamda uning xizmatlari uchun to‘lovning maksimal miqdorini belgilash to‘g‘risida.

4.           O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligiga xizmat muddati tugagan 1 dona plaskart yo‘lovchi vagonini beg‘araz ajratish haqida.

Jamiyat aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishi kun tartibiga oid materiallar bilan Toshkent shahri, Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi 7-uyda,             tanishish mumkin tel. 71 299-70-76.
 Jamiyat aksiyadorlari o‘zlari bilan passport, aksiyadorlar vakillari esa – notarial tasdiqlangan ishonchnoma, yuridik shaxslar – amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq tuzilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi kerak.

         O‘zbekiston Respublikasining 06.05.2014-yildagi O‘RQ-370-son Qonuniga asosan. “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” barcha aksiyadorlardan pasport ma’lumotlari va STIR, pochta manzili, shuningdek, o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berishlarini so‘raymiz. Elektron pochta manzili uzjeldorpass_lf@mail.ru.

 
     “O‘ZTEMIRYO‘LYO‘LOVCHI” AJ Kuzatuv kengashi.

FUQAROLARNING MUROJATLARI

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlat organlariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.