Hurmatli aksiyadorlar!
“O‘ZTEMIRYO‘LYO‘LOVCHI” AJ 2022-yil 6-may kunidagi aksiyadorlarining navbatdan tashqari
umumiy yig‘ilishi quyidagilarni qaror qildi:
1. Jamiyat sanoq komissiyasi quyidagi tarkibda uch a’zodan tasdiqlandi: A.M.Mirsoatov – Sanoq komissiyasi raisi, N.Y.Tashpulatov va F.SH.Masharipov - Sanoq komissiyasi a’zolari.
2. Aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi reglamenti tasdiqlandi.
3. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJda “NSAD” va “MSA” auditorlik tekshiruvlarini amalga oshirish uchun “NAZORAT AUDIT” MCHJ 2021-yil uchun 70,0 mln.so‘mlik audit tekshiruvi o‘tkazilishi tasdiqlandi.
4. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qorovul qo‘shinlari qo‘mondonligiga xizmat muddati tugagan 1 dona plaskart yo‘lovchi vagonini beg‘araz ajratish tasdiqlandi.
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlat organlariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.