Bayram tabrigi
Hurmatli hamkasblar, aziz temiryo‘lchilar!
Yakunlanib borayotgan 2021 yil temir yo‘l sohasi xodimlari uchun juda katta o‘zgarishlarga boy yil bo‘ldi. Sohada amalga oshirilgan yirik loyihalar, bunyodkorlik ishlari yurtimiz tarixi zarvaraqlariga zarhal harflar bilan bitildi. Bunday ulkan yutuqlarning qo‘lga kiritilishida Sizlardek jasur, matonatli, olijanob insonlarning xizmatlari va hissasi beqiyos. Kirib kelayotgan 2022 yil ham ana shunday ulkan zafarlarga boy bo‘lsin! Sizlarni va Sizlar orqali mehnat jamoangizni kirib kelayotgan Yangi 2022 yil bilan chin qalbdan muborakbod etaman!
Yangi yilda Barchangizga ona-Vatanimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan sermahsul mehnatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Sohamiz rivoji, insonlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish kabi zahmatli mehnat faoliyatingizda kuch-quvvat, omad va zafarlar yor bo‘lsin!
Mustahkam sog‘lik, g‘ayrat-shijoat, oilaviy baxt-saodat, farzandlaringiz quvonchi, dasturxoningizni fayzu-baraka aslo tark etmasin!
"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlat organlariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.