Uz En  Ru 
.

Sayt xaritasi

E'lon

E'lon

Hurmatli aksiyadorlar!
“O‘ZTEMIRYO‘LYO‘LOVCHI” 
aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashi
Sizlarga shuni ma’lum qiladiki:
 
         Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi 2022-yil 30-iyun kuni Toshkent shahri, Mirobod 
tumani, Turkiston ko‘chasi, 7-uy, “O‘ZTEMIRYO‘LYO‘LOVCHI” AJ markaziy idora binosida bo‘lib o‘tadi.
         Yig‘ilish soat 16:00da, aksiyadorlarni ro‘yxatga olish esa soat 15:00da boshlanadi.

2022-yil 6-iyun jamiyat Kuzatuv kengashining yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazilishi to‘g‘risidagi aksiyadorlarni xabardor qilish uchun aksiyadorlar reestrini tuzish sanasi.

   Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan aksiyadorlar reestri tuzilgan sana 2022-yil 24-iyun.

 

KUN TARTIBI:

1              “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ bosh direktorining 2021-yil uchun jamiyat moliyaviy va xojalik faoliyati yakunlari natijalari va biznes-rejani amalga oshirish to‘g‘risidagi hisobotini tasdiqlash.

2    Jamiyatning 2021-yil yakunlari bo‘yicha yillik buxgalteriya  balansini tasdiqlash. 

3     Jamiyatning 2021-yil yakunlari bo‘yicha moliyaviy-iqtisodiy  faoliyatini tashqi audit xizmati tomonidan o‘tkazilgan auditorlik tekshiruvi natijasi bo‘yicha bergan hulosasini tasdiqlash.

4  “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ichki  audit xizmatining  2021-yil yakunlari bo‘yicha  hisoboti.

5 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ taftish komissiyasining 2021-yilyakunlari bo‘yicha hulosasini tasdiqlash.

6   “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ Kuzatuv kengashining 2021-yil yakunlari bo‘yicha hisobotini tasdiqlash.

7   “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning Kuzatuv kengashi, taftish va sanoq komissiyalari tarkibiga berilgan nomzodlarni tasdiqlash.

“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning yangi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

9 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJning bosh direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasini aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha uzaytirish to‘g‘risida.

10   Jamiyatning affillangan shaxslari bilan, joriy xo‘jalik faoliyati davomida aksiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlarni tasdiqlash.

11 “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJda 2021-yil yakunlari bo‘yicha korporativ boshqaruv tizimini baholash hulosasini tasdiqlash.

12   Aksiyadorlarning yillik umumiy yig‘ilishini o‘tkazish to‘g‘risidagi reglamentini tasdiqlash.

13  “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ balansida bo‘lgan ta’mir talab 30 dona yo‘lovchi vagonlarini o‘rnatilgan tartibda 
“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash” AJga sotish to‘g‘risida.
Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yig‘ilishi kun tartibiga oid materiallar bilan Toshkent shahri, 
Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi 7-uyda, tanishish mumkin tel. 71 299-70-76.
 Jamiyat aksiyadorlari o‘zlari bilan passport, aksiyadorlar vakillari esa – notarial tasdiqlangan ishonchnoma, 
yuridik shaxslar – amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq tuzilgan ishonchnomaga ega bo‘lishi kerak.

         O‘zbekiston Respublikasining 06.05.2014-yildagi O‘RQ-370-son Qonuniga asosan “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” barcha aksiyadorlardan pasport ma’lumotlari va STIR, pochta manzili, shuningdek, o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berishlarini so‘raymiz. Elektron pochta manzili uzjeldorpass_lf@mail.ru.

 
     “O‘ZTEMIRYO‘LYO‘LOVCHI” AJ Kuzatuv kengashi.

FUQAROLARNING MUROJATLARI

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlat organlariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.