Uz En  Ru 
.

Sayt xaritasi

Dividend

Dividend

O‘zbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6-bobida belgilanganidek, dividend jamiyat sof foydasining aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanadigan qismidir. Dividendlar jamiyatning jamiyat tassarufida qoladigan sof foydasidan yoki o‘tgan yillarning taqsimlanmagan foydasidan to‘lanadi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ bugungi kunga qadar o‘zining yillik moliyaviy – xo‘jalik faoliyatidan sof foyda olmaganligi sababli, xar yili o‘tkaziladigan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida dividendlarni to‘lash bo‘yicha qaror qabul qilinmagan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, hozirgi kunda dividend puli to‘lab berish imkoniyati mavjud emasligini bildiramiz.


FUQAROLARNING MUROJATLARI

"Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida" gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar davlat organlariga ariza, taklif va shikoyat bilan murojaat qilish huquqiga ega.