» O’zbekiston Respublikasi transport kommunikatsiyalari

O’zbekiston Respublikasi transport kommunikatsiyalari

Ma’lumki, O’zbekiston qadim zamonlardan G’arb va SHarqni bog’lovchi Buyuk ipak yo’lida joylashgan davlat sifatida mashhur bo’lgan. E’ndilikda ana shu qadimiy yo’l yangicha sayqal topib, e’llarni-e’llarga bog’lab kelmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizni modernizasiya qilish va yangilash, iqtisodiyotimizning sifat jihatidan yangi, zamonaviy tarkibiy tuzilmasini shakllantirish, hududlarimizni kompleks rivojlantirish transport va kommunikasiya tizimini takomillashtirish bilan uzviy bog’liq.
Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq O’zbekistonning transport va kommunikasiya tizimini takomillashtirishda e’ski mustabid tuzumdan qolgan muammolarni hal e’tish talab qilinardi. Bu muammolar respublikamizning Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasiga olib boradigan temir yo’llarning qo’shni Turkmaniston hududi orqali o’tishiga barham berish, respublikada yangi dunyo talabiga javob beradigan avtomobil yo’llarini qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish, aviasiya infratuzilmasini takomillashtirishdan iborat e’di.
YUqorida keltirib o’tilgan muammolarni hal e’tish uchun transport tizimini isloh qilishning strategik yo’nalishlari belgilab olindi va respublikada yagona milliy transport tizimini yaratish ishlari boshlab yuborildi. Sohaning barcha tarmoqlari – temir yo’l, avtomobil, aviasiya transportining rivojlanishiga asos solindi. O’zbekistondagi avtomobil va temir yo’llarning raqobatbardoshligini oshirish bo’yicha dolzarb vazifalar belgilandi.
O’zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyoda tutgan o’rni, sanoat va boshqa sohalarning taraqqiyoti, qo’shni davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarni jadal rivojlantirish va takomillashtirishning 1995-2010 yillarga mo’ljallangan milliy dasturi ishlab chiqildi. SHu dastur doirasida 1996 yildan “Toshkent–Andijon–O’sh” magistralining 100 km.dan ortiq tog’li uchastkalarida “Qamchiq” va “Rezak” tunnellarini qurish ishlari boshlandi. “Olma-ota–Bishkek–Toshkent–Termiz” va “Samarqand–Buxoro–Ashxabot–Turkmanboshi” avtomobil yo’lining respublika hududidan o’tadigan qismini ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. O’zbekistonni Qozog’iston orqali Rossiya Federasiyasi bilan bog’laydigan 340 kilometrli “Qo’ng’irot–Beynov” avtomobil yo’li qurilishi yakunlandi.
Respublikada bunyodkorlik ishlarini davom e’ttirish maqsadida, 2011-2015 yillarda transport va kommunikasiya infratuzilmasi qurilishini jadal rivojlantirish dasturining qabul qilinishi ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikasiya infratuzilmasi tarmog’ini mamlakat va hududlar iqtisodiyotini istiqbolli taraqqiy e’ttirish bo’yicha amalga oshirilgan dasturlar bilan uzviy bog’liq holda yanada rivojlantirish imkonini berdi. Ushbu dasturga muvofiq, 2012 yilda qariyb 500 kilometrlik to’rt yo’lakli zamonaviy avtomobil yo’llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlandi.
Ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqasi dunyo transport-kommunikasiya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu hududda O’zbekiston tomonidan transport majmuasini modernizasiya qilish va yangi xalqaro yo’nalishlarni ochish bo’yicha keng ko’lamli ishlar bajarildi.
Mamlakatimizda yaxlit temir yo’l tarmog’ini shakllantirish bo’yicha strategik yo’nalishlar belgilab olindi. Bu borada 1994-2001 yillarda uzunligi 700 kilometrga yaqin “Navoiy–Uchquduq–Nukus” temir yo’li qurib bitkazildi. Natijada, ushbu temir yo’l liniyasi ishga tushirilgan dastlabki yillardanoq, Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga katta miqdorda har xil xalq iste’mol yuklari etkazib berila boshlandi.
Respublikada temir yo’l tarmog’ini yanada takomillashtirish maqsadida yangi “G’uzor–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’li qurildi.
2007 yil 24 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Toshguzar–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’lining tantanali ochilishida so’zlagan nutqida “Asriy tog’u toshlar, dashtu biyobonlar bag’rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bo’lgan bu temir yo’lni qisqa davrda, hammasi bo’lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining o’zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, o’ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz”, deb ta’kidlagan e’di.
Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning e’ng muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, o’zbek xalqi o’z kuch-qudratini va nimalarga qodir e’kanini yana bir bor namoyon e’tdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog’li hududlar bo’ylab, yozning jazirama issig’i, garmsellari, qishning izg’irin shamollari ostida temir yo’l izlari yotqizilgani, Toshguzar va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqo’rg’on kabi 6 ta yangi stansiya va yo’lovchi platformalariga e’ga bo’lgan 9 ta bekat barpo e’tilgani misolida ham ko’rish mumkin.
Ayniqsa, barcha stansiyalarda yo’l xavfsizligini ta’minlaydigan ishlab chiqarish ob’ektlari, maktab, tibbiyot maskanlari, suv va gaz tarmoqlari kabi ijtimoiy infratuzilma inshootlari barpo qilingani bu loyihaning e’ng zamonaviy talablar darajasida amalga oshirilganini ko’rsatadi.
“Toshguzar–Boysun–Qumqo’rg’on” temir yo’lining qurilishi jarayonida 43 ta ko’prik, jumladan, temir yo’l ko’priklari va yo’l o’tkazgichlari singari murakkab muhandislik inshootlari yaratildi. Bu ko’priklarning 9 tasi dengiz sathidan 1500 metr balandlikda bunyod e’tilgani, bu borada ilgari O’zbekiston tajribasida ko’rilmagan mislsiz ishlar bajarilganini ko’rsatadi.
Mazkur temir yo’lining qurib, ishga topshirilishi respublika rivojlanishida katta ahamiyatga e’ga bo’ldi. Bu yo’l respublikaning janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarini boshqa hududlar bilan bog’laydigan, qon tomirday zarur bo’lgan vositani, butun mamlakat bo’ylab yagona va yaxlit temir yo’l trans¬port kommunikasiya tizimini barpo e’tishga imkon berdi.
Bu yo’l O’zbekistonning chet davlatlarga, avvalo, Transafg’on temir yo’l koridori orqali yaqin kelajakda to’g’ridan-to’g’ri Hind okeani, Janubiy va Janubi-SHarqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va e’ksport imkoniyatini, shu bilan birga, respublikaning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatini keskin oshirdi.
Temir yo’l tarmog’ining ishga tushirilishi natijasida yuk tashish va yo’lovchilar qatnovini tashkil qilish, temir yo’llarga xizmat ko’rsatish va yo’l xavfsizligini ta’minlash uchun 2,5 mingga yaqin qo’shimcha yangi ish o’rni yaratildi. YAngi tashkil e’tilgan korxonalar va xizmat shoxobchalarida, ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohalarida e’sa qo’shimcha tarzda 4 mingdan ortiq kishi ish o’rinlariga e’ga bo’ldi.
Mintaqaning tabiiy er osti boyliklarini o’zlashtirish uchun yangi imkoniyatlar paydo bo’ldi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti tub burilishlarga yuz tutib, aholining turmush farovonligi oshdi. YUk va yo’lovchi tashish masofasi 170 kilometrga, harakat vaqti e’sa 7 soatga qisqardi. Natijada temir yo’l bo’ylab tashilayotgan tranzit va mahalliy yuklar salmog’i sezilarli miqdorda ko’paydi. O’tgan yili mazkur temir yo’ldan 5 million tonna yuk o’tkazilgani, shundan 4 million tonnasi tranzit yuklar e’kanligi ana shundan dalolat beradi.
2013 yildan muhtaram Prezidentimiz rahnamoligida yana bir ulkan loyiha – 125 kilometrlik “Angren–Pop” e’lektrlashtirilgan temir yo’l qurilishi boshlab yuborildi. Uning tugallanishi 2016 yilga mo’ljallangan. Istiqbolda ushbu temir yo’l nafaqat Farg’ona vodiysi viloyatlarini respublikaning boshqa hududlari bilan, balki Evropani Xitoy bilan bog’lab, mamlakatimizning tranzit salohiyatini yanada oshiradi.
Mustaqillik yillarida temir yo’llarni e’lektrlashtirish ishlariga katta ahamiyat qaratildi. O’tgan davrda Xovos–Bekobod, Xovos–Jizzax liniyalari e’lektrlashtirildi va Maroqand–Qarshi yo’nalishini e’lektrlashtirish ishlari muddatidan ilgari tugallanishi mo’ljallanmoqda. Toshkent–Samarqand–Buxoro yo’nalishlarida tezyurar e’lektropoezdlar qatnay boshladi. Natijada poezdlardan foydalanish xarajatlarini 20 foizga kamaytirish, yo’lovchi va yuk tashish tezligini 1,3 barobar oshirish imkoni yaratildi. Markaziy Osiyo mintaqasida e’ng birinchi bo’lib yuqori tezlikda harakatlanuvchi Toshkent va Samarqand shaharlarini bog’lovchi “Afrosiyob” poezdlari qatnovi yo’lga qo’yildi.
Mamlakatimizning jahon hamjamiyati bilan integrasiyalashuvida, dunyodagi ko’plab davlatlar bilan har tomonlama samarali hamkorlik o’rnatish jarayonida fuqaro aviasiyasi o’ziga xos alohida o’ringa e’ga.
Vatanimiz fuqaro aviasiyasini rivojlantirish borasida mustaqillikning dastlabki yillaridayoq strategik yo’nalishlar aniqlab olindi. Prezidentimiz ta’kidlab o’tganlaridek, “Bizning jahon bozoriga chiqishimizda aviasiya ulkan imkoniyatlarga e’ga e’kanini inobatga olib, o’tish davrining muqarrar qiyinchiliklariga qaramay, ushbu soha rivojiga ustuvor ahamiyat berdik”.
Havo kemalari parkini zamonaviy talablar asosida yangilash bilan birga, ae’roportlarni tubdan qayta qurish va havo harakatini boshqarish tizimini isloh e’tish ishlari amalga oshirildi.
O’zbekistonda nisbatan qisqa muddat ichida havo transportiga xizmat ko’rsatish hamda e’ng zamonaviy samolyotlarni boshqaradigan yuksak malakali uchuvchi va texnik xodimlar tayyorlash borasida xalqaro andozalar va ilg’or texnologiyalarga asoslangan mustahkam baza yaratildi.
“O’zbekiston havo yo’llari” belgisi bilan parvoz qilayotgan samolyotlar turli davlatlarda joylashgan 40 dan ziyod ae’roportga muntazam qatnay boshladi. Aviasiya sohasida amalga oshirilgan chuqur o’zgarishlar mamlakatimiz iqtisodiyotini mustahkamlashda, uning dunyo miqyosidagi obro’-e’’tiborini yanada oshirishda o’ziga xos omil bo’ldi.
Mamlakat fuqaro aviasiyasini rivojlantirish bo’yicha chuqur o’ylangan, uzoq muddatga mo’ljallangan strategiyaning amalga oshirilishi, milliy aviakompaniyaning xalqaro aviatashuvlar va texnik xizmat ko’rsatish tizimidan munosib o’rin e’gallashida muhim omil bo’ldi. Aviasiya xavfsizligi va parvozlarni sifatli amalga oshirishni ta’minlash, aviasiya texnikasiga xizmat ko’rsatishda e’ng ilg’or texnologiyalarni keng qo’llash, shuningdek, malakali kadrlar tayyorlash sohasida e’rishilgan yuksak natijalar nufuzli xalqaro aviasiya tashkilotlari tomonidan bir necha bor taqdirlandi.
Mustaqillik yillarida aviakompaniya zamonaviy havo kemalari bilan ta’minlandi. Jumladan, O’zbekiston hukumati yordamida avikompaniya “Boing-757”, “Boing-764”, “A-310”, “RJ-85” kabi e’ng zamonaviy samolyotlar bilan to’ldirildi. “O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasi yiliga qariyb 75 ming tranzit yo’nalishning havo harakatini boshqarmoqda. SHuningdek, aviakompaniya tarkibida faoliyat ko’rsatayotgan, so’nggi avlod aviasiya texnikalariga texnik xizmat ko’rsatish va ularni ta’mirlash bo’yicha Markaziy Osiyo mintaqasida yagona bo’lgan markazning xizmatlaridan 320 ta xorijiy aviakompaniya samolyotlariga ae’ronavigasiya xizmati ko’rsatilayapti.
“O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasi tarkibida 11 (Toshkent, Nukus, Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, Qarshi, Namangan, Andijon, Farg’ona, Navoiy) zamonaviy ae’roportlar jahon andozalari darajasida modernizasiya qilindi. Toshkent ae’roporti Markaziy Osiyodagi e’ng yirik xalqaro ae’roport hisoblanadi. Buxoro, Samarqand va Urganch ae’roportlari xalqaro ae’roport maqomiga e’ga.
Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan “Navoiy” xalqaro intermodal logis¬tika markazi va “Angren” logistika markazining imkoniyatlari juda yuqori. Ta’kidlash joizki, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi hududida yagona bo’lgan “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazida turli-tuman tovarlarni yuklash va tushirish, ularni tarqatish va omborlarga joylash ishlari tezkorlik bilan amalga oshiriladi. Zamonaviy ae’ronavigasiya uskunalari bilan jihozlangan “Navoiy” xalqaro intermodal logistika markazi, ob-havo sharoiti qanday bo’lishidan qat’iy nazar, barcha turdagi avialaynerlarni qabul qilish imkoniga e’ga bo’ldi. 2011 yilda bu logistika markazida 50 ming tonnadan ortiq yuk turli mamlakatlarga tashildi.
Xulosa qilib aytganda, O’zbekistonda transport tizimini isloh qilish ishlari mustaqillikning dastlabki yillaridagi iqtisodiy og’ir ahvolga, moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan katta mablag’lar ajratilib amalga oshirildi.
Umuman olganda, istiqlol yillarida O’zbekistonning transport va kommunikasiya tizimini rivojlantirishda strategik ahamiyatga e’ga bo’lgan ulkan ishlar bajarildi. Respublikada transport mustaqilligi ta’minlandi va mamlakatning barcha hududlarini o’zaro bog’laydigan milliy transport yaxlit tizimi vujudga keldi. Vatanimizda yaratilgan samarali transport tizimi dunyo mamlakatlari bilan integrasiyalashuv va tashqi iqtisodiy aloqalar rivojlanishida asosiy omil bo’lib xizmat qilmoqda.

Yuklash uchun hujjatlar