» Kasaba uyushmasi

Kasaba uyushma

O’zbekiston temiryo’lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmalari Respublika Kengashi o’z tarkibida 6 ta hududiy, 2 ta uyushgan, 142 ta boshlang’ich kasaba uyushmalari tashkilotlari mavjud. Kasaba uyushmaning tuzilishi hududiy-soha asosida tashkil qilingan.

Hozirgi vaqtda kasaba uyushmasi o’zining safida 88129 ta kasaba uyushmas a’zosini sanab o’tmoqda, ularing orasida 76256 ta ishchi, 10667 ta talabalar va o’quvchilar, 1206 ta nafaqaxo’rlardir.

Kasaba uyushmalari maqsadi- temir yo’l transporti ishchilari va transport quruvchilari -kasaba uyushmalari a’zolarining qiziqishlari, kasbiy, ijtimoiy-mahnat huquqlarini himoya qilish.

Himoyaning asosiy richagi korxona ma’muriyati va kasaba uyushmalari tashkilotlari o’rtasida qabul qilinadigan tarmoq kelishuvi va jamoa shartnomasidir.

Bu masalada kasaba uyushmalari tajribasini qo’llab, bizning talablarimiz va O’zbekiston Respublikasi qonunchilik aktlarini hisobga olib tarmoq kelishuvi ishlab chiqildi, unda ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnat fahriylari himoyasi masalasi, mehnat muhofazasi, tibbiy xizmat, yoshlarni, xotin-qizlar va O’zbekiston temiryo’lchilarining farovonligini oshirishga ta’sir ko’rsatuvchi masalar belgilab qo’yilgan.

Tarmoq kelishuvi normalari «O’zbekiston temir yo’l» AJ barcha tarkibiy bo’linmalarida bajarilishi majburiydir va o‘z ta’minot mablag’lariga ega bo’lgan taqdirda ham ijtimoiy kafolatni kengaytirishda tomonlar huquqini cheklamaydi.

Kasaba uyushmasi O’zbekiston kasaba uyushmalar federatsiyasi a’zosi bo’lib, o’zining maqsad va vazifalariga binoan boshqa mamlakat kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilishi, hamda xalqaro kasaba uyushmalari a’zosi bo’lishi mumkin.

Kasaba uyushma o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Mehnar kodeksi, «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida», " Kasaba uyushmalari, ularning faoliyati huquqlari va kafolatlari to’g’risida» va «O’zbekiston Respublikasidagi jamoat birlashmalri to’g’risida"gi qonunlar hamda nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va Ustavga muvofiq olib boradi.

Kasaba uyushmasi, uning tarkibiy bo’linmalari va saylovchi organlar o’z faoliyatlarida davlat boshqaruvi organlari, Ijro etuvchi hokimiyat, ish beruvchilar va ularning birlashmalari, siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat notijorat birlashmalaridan mustaqildir va qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari ularga hisob bermaydi va ular tarafdan nazorat qilinmaydi.

Kasaba uyushmasining oliy organi yig’lish, konferensiya, Qurultoy hisoblanadi.

2015 – 2017 yillar uchun TARMOQ KELISHUVIni yuklash

2015 – 2017 йиллар учун ТАРМОҚ КЕЛИШУВИни юклаш


O’zbekiston temiryo’lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi
quyi kasaba uyushma tashkilotlar nomlarining
R O’ Y X A T I

Korxona nomi

F.I.Sh.

Pochta nomi

Telefon
1 O’zbekiston temiryo’lchilari va transport quruvchilari
kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi
Nurillaev Toir Nurillaevich ntn@kasaba.uz
2 Respublika Kengashi bo’limi mudiri Xalbaev Olimjon o.xalbaev.kasaba.uz
3 Respublika Kengashi ish boshqaruvchisi Kazimov Ulug’bek u.kazimov.kasaba.uz
4 Respublika Kengashi moliya bo’limi nazorat taftishchisi Matmurodov Umar u.matmurodov.kasaba.uz
5 Toshkent MTU KUHQ Raximov Shokir Zakirovich toshkent.h.kasaba.uz
6 Qo’ng’irot MTU KUHQ Embergenov Amir Omirboevich qongirot.h.kasaba.uz
7 Qo’qon MTU KUXQ Nigmonov Mumin qoqon.h.kasaba.uz
8 Qarshi MTU KUXQ Kurbonov Sultonmurod Burievich qarshi.h.kasaba.uz
9 Buxoro MTU KUXQ Xamraev Isomiddin Ismoilovich buhoro.h.kasaba.uz
10 Termiz MTU KUXQ Tuxtaev Rustam Turaevich termiz.h.kasaba.uz
11 “O’ztemiryo’lyo’lovchi” AJ KUQ Abduvaliev Rustam Anvarovich yolyolovchi.kasaba.uz
12 “Ko’prikqurilish” tresti KUQ Abdullaev Bayram Xudoyorovich koprikqurilish.kasaba.uz
13 “O’TY” AJ KUQ Umarova Shaxlo Abduvarisovna uty.aj.kasaba.uz
14 Toshkent metropoliteni KUQ Tadjiev Baxrom Ayubjanovich metro.kasaba.uz
15 Tosh TYMI KUQ Xolboev Ilyos toshtymi.kasaba.uz
16 “O’ztemiryo’lmashta’mir” UK KUQ Yusupxodjaev Alisher Valievich mashtamir.kasaba.uz
17 “Quyuv-mexanika zavodi” SHK KUQ Sultonov Shavaddin Karimovich qmz.kasaba.uz
18 “Toshyo’lovchi vagonta’mir” AJ KUQ Abdulaxodjaev Avaz Raximovich tvtz.kasaba.uz
19 Xarbiylashtirilgan qo’riqlash boshqarmasi KUQ Aripov Baxtiyor Bahodirovich hqb.kasaba.uz
20 “ O’zvagonta’mir” AJ KUQ Govmiddinov Zayniddin uzvt.kasaba.uz
21 “O’ztemiryo’lkonteyner” AJ KUQ Nigmonov Abdurazzok Abduraufovich uztk.kasaba.uz
22 “Temiryo’lyonilg’ita’min” boshqarmasi KUQ Azizova Zuxra Ilxomovna tyot.kasaba.uz
23 Maxsus mexanizasiyalashgan yo’l stansiyasi KUQ Mirg’iyosov Jamshid mmys.kasaba.uz
24 “O’ztemiryo’lqurilishmontaj” UK KUQ Ramazonova Nodira Raxmonovna uztqmon.kasaba.uz
25 “O’ztemiryo’lnazorat” DI KUQ Radjabov Erkinjon Ne’matovich uztnaz.kasaba.uz
26 “Boshtransloyiha” MCHJ KUQ Yuldashbekov Maksud Mametovich btloyiha.kasaba.uz
27 “Toshtemiryo’lloyiha” AJ KUQ Mirsagatova Aziza Axrorovna tyloyiha.kasaba.uz
28 “Eyvalekmaxsustemirbeton” AJ KUQ Pulatov Firidun Xoltursinovich emtbeton.kasaba.uz
29 Toshkent mexanika zavodi KUQ Atadjanov Muxammadkarim Rasulovich tmz.kasaba.uz
30 Andijon mexanika zavodi KUQ Sodikov Odil amz.kasaba.uz

O’zbekiston Respublikasi

Adliya vazirligi tomonidan

2015 yil “___” _________da

“_______” son bilan

qayta ro’yxatga olingan


2015 yil 14 avgust kuni

O’zbekiston temiryo’lchilari va

transport quruvchilari kasaba uyushmasi

VI-Qurultoyida tasdiqlangan

O’zbekiston temiryo’lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining

USTAVI

Toshkent-2015 y.

I. UMUMIY QOIDALAR

1.1. O’zbekiston temiryo’lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi (keyingi o’rinlarda Ustavda- Kasaba uyushmasi) xo’jalik yuritish va mulkchilik shaklidan qat iy nazar "O’zbekiston temir yo’llari" aksiyadorlik jamiyati tarkibiga kiruvchi korxona, tashkilot, muassasalarning xodimlarini, Toshkent metropoliteni ishchilari va transport quruvchilarini, shuningdek, aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi o’quv muassasalarida ta’lim oluvchilarni birlashtiruvchi ixtiyoriy, o’zini-o’zi boshqaruvchi, nodavlat notijorat tashkiloti bo’lib, uning tashkiliy huquqiy shakli jamoat birlashmasi hisoblanadi.

1.2. Kasaba uyushmasi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining a’zosidir va o’zining maqsad va vazifalariga muvofiq boshqa davlatlar kasaba uyushmalari markazlari bilan hamkorlik qilishi, kasaba uyushmalari xalqaro birlashmalariga a’zo bo’lishi mumkin.

1.3. Kasaba uyushmasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi xududida qonunchilik, demokratiya, ixtiyoriylik, mustaqillik, tenglik, birdamlik, oshkoralik asosida amalga oshiradigan Respublika kasaba uyushmasidir.

1.4. Kasaba uyushmasi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi, Mehnat va Fuqarolik kodekslari, O’zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida», «O’zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to’g’risida», «Nodavlat notijorat tashkilotlari to’g’risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to’g’risida»gi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan xalqaro shartnomalar, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini tartibga soluvchi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.

1.5. Kasaba uyushmasi, uning tuzilmaviy bo’linmalari va saylanma organlari o’z faoliyatlarida davlat boshqaruvi organlari, ijroiya hukumati, ish beruvchilar va ularning birlashmalari, siyosiy partiyalar va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlaridan mustaqildir, ularga hisobdor emas va ular tomonidan nazorat qilinmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Kasaba uyushmasi tarkibiy bo’linmalarini tuzish, tashkil etish va faoliyatini tugatish tartibi, ularning huquq va majburiyatlari, bo’linmalarining raxbar organlari to’g’risidagi qoidalar hamda bo’linmalarining mol-mulkni boshqarish borasidagi huquqlari batafsil ravishda ularning nizomlarida belgilanadi.

1.6. Kasaba uyushmasi va uning tasarrufidagi tashkilotlar mustaqil yoki boshqa tashkilotlar bilan birgalikda tadbirkorlik, ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyati, noshirlik bilan shug’ullanishlari hamda Ustav maqsadlariga muvofiq va qonun hujjatlariga zid bo’lmagan faoliyat olib borishlari mumkin.

1.7. Kasaba uyushmasi va uning tashkilotlari o’z nomlaridan mulkiy va nomulkiy huquqlarga ega bo’lishlari, amalga oshirishlari, majburiyat olishlari, sudda da’vogar va javobgar bo’lishlari mumkin.

1.8. Ushbu Ustavning matnini izohlash kasaba uyushmasi Qurultoyining mutloq vakolatiga kiradi.

1.9. Kasaba uyushmasining davlat, rus va ingliz tillaridagi rasmiy to’liq va qisqartirilgan nomlanishi:

O’ZBEKISTON TEMIRYO’LCHILARI VA TRANSPORT QURUVCHILARI KASABA UYUSHMASI - O’TTQ kasaba uyushmasi .

ПРОФСОЮЗ ЖЕЛЕЗНОДОРОЖНИКОВ И ТРАНСПОРТНЫХ СТРОИТЕЛЕЙ УЗБЕКИСТАНА – Профсоюз ЖТСУ.

PROFSOYUZ JELEZNODOROJNIKOV I TRANSPORTNIX STROITELEY UZBEKISTANA – Profsoyuz JTSU.

TRADE UNION RAILWAYMANS AND TRANSPORT BUILDERS OF UZBEKISTAN – Trade union RTBRU.

1.10. O’zbekiston temiryo’lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining domimiy faoliyat ko’rsatadigan rahbar organi joylashgan eri (pochta manzili):

O’zbekiston Respublikasi, 100060, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras SHevchenko ko’chasi, 7.

II. Kasaba uyushmasining maqsad va vazifalari

2.1. Kasaba uyushmasining asosiy maqsadi kasaba uyushmasi a’zolari, shuningdek korxona, tashkilot, muassasalar (bundan keyin korxonalar) jamoalarining mehnat, ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilishni amalga oshirishdir.

2.2. Kasaba uyushmasi ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun quydagi vazifalarni:

mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik tizimini rivojlantirishga, kasaba uyushmasi va ish beruvchining ikki taraflama hamkorligi tamoyillarining amalga oshirilishiga;

mehnat sohasida ijtimoiy sheriklik yo’lga qo’yilishi, jamoa muzokaralarining tashkil etilishi, jamoa shartnomalari va kelishuvlari tuzilishi, ularning bajarilishi ustidan nazoratning amalga oshirilishiga;

mehnatga haq to’lash va mehnat shartlarida ijtimoiy-adolatli tizim joriy etilishi va uni takomillashtirilishiga;

qonunchilikda belgilangan tartibda mehnatga, ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga va mehnatni muhofaza qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan qonunchilikda belgilangan tartibda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga;

kasaba uyushmasi a’zolarining ijtimoiy-iqtisodiy, mehnat, fuqarolik huquq va kasbiy manfaatlarini himoya qilish uchun jamoatchilik maslahatxonalarini tashkil etilishi, o’z vakolatlarini amalga oshirishda tegishli davlat organlari bilan ijtimoiy sheriklikni amalga oshirilishiga;

mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish, mehnatni va atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishiga;

korxona va tashkilotlarda mehnat muhofazasi va sharoitlari hamda atrof muhit muhofazasi holati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga, ish joylarida zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarini bartaraf etilishi, ishlovchilarga sog’lom va xavfsiz mehnat sharoitlari, qulay maishiy sharoitlar yaratilishiga;

kasaba uyushmasi a’zolarining sog’liqlarini mustahkamlash, ommaviy jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari uchun sharoit yaratilishiga, dam olish va sanatoriy-kurortlarda sog’lomlashtirishning samarali va hammabop bo’lishi ta’minlanishiga;

mehnat jamoalarida madaniy-ma’rifiy, sport tadbirlari, ko’rik-tanlovlar, jumladan davlat organlari, o’z-o’zini boshqarish organlari, ish beruvchilar bilan hamkorlikda tashkil etilishi va o’tkazilishiga;

kasaba uyushmasi faoliyatining keng oshkoraligini ta’minlash uchun axborot va tashviqot ishlari olib borilishiga;

kasaba uyushmasi xodimlari va faollarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va o’qitish tizimi samarali ishlashiga erishadi.

O’zbekiston Respublikasi tomonidan mehnat munosabatlariga oid xalqaro shartnomaning ratifikasiya qilinishida, shuningdek mehnat munosabatlari, bandlik, ijtimoiy himoya, mehnat migrasiyasi, kasb-hunar ta’limi, mehnat va sog’liqni muhofaza qilish, kasaba uyushmalari huquqlari va faoliyatining kafolatlarini kengaytirish, yoshlarga oid va ijtimoiy-mehnat sohasiga aloqador boshqa masalalarga doir qonun hujjatlarining ishlab chiqilishida Federasiya orqali ishtirok etadi.

III. Kasaba uyushmasining huquqlari va majburiyatlari

3.1. Kasaba uyushmasi quyidagi huquqlarga ega:

- ijtimoiy hayotning turli masalalari bo’yicha tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;

-davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqilishida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish;

-o’z faoliyati to’g’risida axborot tarqatish;

-ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish hamda belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish;

-Ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etish;

-o’z ramziy belgisini ta’sis etish va uni belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat ro’yxatidan o’tkazish;

-o’z faoliyatiga tegishli masalalar yuzasidan yig’ilishlar, konferensiyalar, rayosatlar, Majlislar, simpozium, ko’rgazmalar, Qurultoylar o’tkazish;

-kasaba uyushmasi a zolarining mehnatga doir huquqlarini himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudlarga murojaat qilish;

-kasaba uyushmasi faoliyatiga oid bo’lgan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga ham ega.

3.2. Kasaba uyushmasining majburiyatlari:

- qonun hujjatlariga rioya etish;

- o’z mol-mulk va pul mablag’laridan foydalanish to’g’risidagi axborot bilan o’z faollarini tanishish erkinligini ta’minlash;

- ro’yxatdan o’tkazuvchi organga o’zi o’tkazayotgan tadbirlarga erkin kirish imkonini berish;

-kasaba uyushmasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlarga ham ega bo’ladi.

IV. Kasaba uyushmasi a’zolari, ularning huquq va majburiyatlari

4.1. Kasaba uyushmasiga a’zo bo’lish ixtiyoriydir. Kasaba uyushmasi Ustavi talablarini tan oluvchi va bajaruvchi, a’zolik badallarini muntazam to’lab boruvchi 18 yoshga to’lgan har bir fuqaro kasaba uyushmasi a’zosi bo’lishi mumkin (agar 16 yoshga to’lgan shaxs ish beruvchi bilan mehnat munosabatlarida bo’lsa yoki o’quv yurtida tahsil olayotgan bo’lsa, kasaba uyushmasi a’zoligiga kirishi mumkin).

4.2. Kasaba uyushmasi a’zoligiga qabul qilish va undan chiqarish shaxsiy arizaga ko’ra kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotining umumiy yig’ilishi yoki kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti qo’mitasi majlisida amalga oshiriladi.

Kasaba uyushmasi a’zoligiga qabul qilish va undan chiqish sanasi tegishli qaror qabul qilingan kundan hisoblanadi. Kasaba uyushmasiga qabul qilingan fuqaro boshlang’ich tashkilotning kasaba uyushmasi qo’mitasi (tashkilotchisi) tomonidan yagona namunadagi a’zolik bileti beriladi.

Yirik boshlang’ich tashkilotlarda kasaba uyushmasi a’zoligiga qabul qilish huquqi kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti qo’mitasi qarori bilan sex qo’mitalariga va kasaba uyushma guruhlariga berilishi mumkin.

Kasaba uyushmasi a’zolari asosiy ish (o’qish) joylaridagi kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotida hisobida turadilar.

4.3. Kasaba uyushmasiga a’zolik quyidagi hollarda saqlanib qoladi:

kasaba uyushmasi a’zosi farzand tarbiyalash yoki yaqin qarindoshini parvarishlash zarurati bilan mehnat faoliyatini vaqtinchalik to’xtatganda;

kasaba uyushmasi a’zosi sog’lig’i bo’yicha yoki yoshga doir pensiyaga chiqib ishini to’xtatganda (kasaba uyushmasi tashkiloti bilan aloqani uzmaslik va a’zolik badallarini to’lab turish sharti bilan);

xodimlar soni(shtat)ning o’zgarishi yoki korxonaning tugatilishi munosabati bilan vaqtinchalik ishsiz qolib, bandlikka ko’maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro’yxatdan o’tgan kasaba uyushmasi a’zosiga - boshqa ishga joylashguncha;

kasaba uyushmasi a’zosining Qurolli Kuchlarda xizmati tugagandan so’ng-ikki oygacha;

vaqtinchalik ish uchun mamlakat hududidan chiqib ketgan kasaba uyushmasi a’zosiga - qaytib kelgunigacha.

Kasaba uyushmasining hamma a’zolari teng huquq va majburiyatlarga egadirlar.

4.4. Kasaba uyushmasi a’zosi quyidagi huquqlarga ega:

kasbiy, ijtimoiy-mehnat huquq va manfaatlari, mehnat munosabatlariga oid masalalar bo’yicha kasaba uyushmasining himoyasida bo’lish;

kasaba uyushmasining istalgan organiga murojaat qilish va o’zining murojaati bo’yicha tegishli javob talab qilish;

jamoa shartnomalari, kelishuvlarini ishlab chiqish va qabul qilishda qatnashish, ularda ko’zda tutilgan imtiyozlardan foydalanish;

kasaba uyushmasi organlaridan mehnat munosabatlari, huquqiy masalalar bo’yicha bepul huquqiy yordam olish;

kasaba uyushmasi organlariga saylash va saylanish;

kasaba uyushmasining faoliyatini kasaba uyushmasi qurultoylarida, yig’ilish (konferensiya)larida, saylanma rahbar organlar majlislarida, ommaviy axborot vositalarida erkin muhokama etish va tanqid qilish, takliflar kiritish, o’z fikrini ochiq bayon etish va himoya qilish, qarorlar ishlab chiqishda ishtirok etish;

o’z faoliyati va xulq-atvoriga taalluqli masala ko’rilayotganda kasaba uyushmasi yig’ilish (konferensiya)lari, kasaba uyushmasi saylanma organlari majlislarida shaxsan qatnashish;

kasaba uyushmasining sanatoriylari, dam olish uylariga, shuningdek bolalarni sog’lomlashtirish oromgohlariga imtiyozli narxlarda yo’llanmalar olish, kasaba uyushmasiga foydalanish uchun berilgan madaniyat muassasalari va sport-sog’lomlashtirish inshootlaridan foydalanish;

belgilangan tartibda kasaba uyushmasi mulkidan foydalanish;

ixtiyoriy ravishda kasaba uyushmasi a’zoligidan chiqish.

4.5. Kasaba uyushmasi a’zosining majburiyatlari:

kasaba uyushmasi Ustaviga rioya qilish, kasaba uyushmasi rahbar organlarining mazkur Ustavga binoan qabul qilgan qarorlarini bajarish;

kasaba uyushmasi faoliyatini qo’llab-quvvatlash va uning maqsad va vazifalarini amalga oshirishda qatnashish;

jamoa shartnomalari va Kelishuvlar majburiyatlarining bajarilishiga ko’maklashish;

kasaba uyushmasi guruh, seh, boshlang’ich tashkiloti faoliyatida qatnashish;

har oyda belgilangan miqdor va tartibda kasaba uyushmasiga a’zolik badallarini to’lab borish;

kasaba uyushmalari harakatiga zarar keltiradigan hatti-harakatlarga yo’l qo’ymaslik.

4.6. Kasaba uyushmasi ishida faol qatnashgani uchun kasaba uyushmasi a’zolari quyidagicha rag’batlantirilishlari mumkin:

mukofot;

qimmatbaho sovg’a bilan taqdirlash;

kasaba uyushmasining Faxriy yorlig’i bilan taqdirlash;

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining nishoni bilan taqdirlanishga tavsiya etish.

4.7. Ustav majburiyatlarini bajarmaganligi yoki kasaba uyushmasiga zarar etkazuvchi harakatlari uchun kasaba uyushmasi a’zosiga quyidagi jamoat ta’sir choralari qo’llanishi mumkin: ogohlantirish yoki so’nggi chora sifatida kasaba uyushmasi a’zoligidan chiqarish.

4.8. Kasaba uyushmasi a’zoligidan quyidagi hollarda chiqariladi:

uzrli sabablarsiz 6 oydan ortiq a’zolik badallarini to’lamaganda (mazkur Ustavning 4.3 va 10.2-bandlarida ko’zda tutilgan holatlar bundan mustasno);

Ustavda belgilangan majburiyatlarini bajarmaganda;

kasaba uyushmasining saylanma organi shtatidagi xodimi kasaba uyushmasi rahbar organi qarorini yoki o’z vazifalarini muntazam (uch martadan ortiq) yoki bir marta qo’pol ravishda bajarmaganda;

kasaba uyushmasi yoki uning tashkilotlariga jiddiy mulkiy zarar etkazadigan, shuningdek kasaba uyushmasini obro’sizlantiruvchi boshqa harakatlar qilganda.

4.9. Kasaba uyushmasi a’zoligidan chiqqan kishi kasaba uyushmasining himoyasi, kasaba uyushmasining mol-mulki va mablag’idan foydalanish huquqini yo’qotadi, uning to’lagan a’zolik badallari qaytarilmaydi.

4.10. Kasaba uyushmasi a’zosiga jamoat ta’sir chorasini qo’llash masalasi uning ishtirokida boshlang’ich tashkilotning umumiy yig’ilishida yoki kasaba uyushmasi yuqori rahbar organi majlisida, keyinchalik kasaba uyushmasi a’zosi hisobda turgan kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotini qabul qilingan qarordan xabardor etgan holda, ko’rib chiqiladi. Kasaba uyushmasi a’zosi tegishli yig’ilishida qatnashishni uzrsiz sabab bilan inkor etsa, ushbu masala uning ishtirokisiz ko’rilishi mumkin.

Kasaba uyushmasi a’zosiga a zolikdan chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan jamoat ta’sir chorasini qo’llash to’g’risidagi qaror kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti qo’mitasi, kasaba uyushmasining yuqori rahbar organi tomonidan, a’zolari 15 nafargacha bo’lgan kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotida esa – umumiy yig’ilish tomonidan qabul qilinadi.

Jamoat ta’sir chorasini qo’llash to’g’risidagi qaror yig’ilish qatnashchilari yoki yuqori rahbar organ a’zolarining kamida uchdan ikki qismi yoqlab ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi.

Jamoat ta’sir chorasini qo’llashdan oldin kasaba uyushmasi a’zosidan yozma tushuntirish xati talab qilish lozim. YOzma tushuntirish xati berishdan bosh tortish jamoatchilik ta’sir chorasini qo’llashga to’siq bo’la olmaydi.

Jamoat ta’sir chorasini bevosita ayb ish aniqlanganda, lekin u aniqlangandan keyin bir oydan kechikmasdan qo’llaniladi, bunda kasaba uyushmasi a’zosi mehnatga yaroqsizlik yoki mehnat ta’tilida bo’lgan davri hisoblanmaydi.

Aybli harakat (harkatsizlik) qilingan vaqtdan olti oy o’tgandan so’ng, taftish yoki moliyaviy-xo’jalik faoliyati tekshirilishi natijasida esa-ayb ish aniqlangandan keyin ikki yildan so’ng jamoat ta’siri chorasi qo’llanishi mumkin emas.

Har bir aybli harakat (harkatsizlik) uchun kasaba uyushmasi a’zosiga faqat bitta jamoat ta’sir chorasi qo’llaniladi.

Jamoat ta’sir chorasini qo’llash to’g’risidagi qaror nusxasi 3 kun ichida kasaba uyushmasi a’zosiga tilxat bilan beriladi.

4.11. Jamoat ta’sir chorasidan norozi bo’lgan kasaba uyushmasi a’zosi qaror nusxasini olgandan keyin bir oy muddatda kasaba uyushmasi yuqori organiga shikoyat qilishi mumkin. Ariza kasaba uyushmasi organi qabul qilgan kundan keyin bir oydan oshmagan muddatda ko’rib chiqiladi.

Jamoat ta’sir chorasidan norozi bo’lgan a’zo belgilangan tartibda sudga ham shikoyat qilishi mumkin.

Kasaba uyushmasi a’zoligidan chiqarilgan shaxs kamida bir yildan so’ng umumiy asoslarda kasaba uyushmasi a’zoligiga qabul qilinishi mumkin.

Kasaba uyushmasi a’zosidan jamoat ta’sir chorasini olib tashlash masalasi tegishli kasaba uyushmasi yig’ilishi yoki rahbar organi tomonidan qo’llanilgan kundan kamida uch oydan so’ng ko’rib chiqiladi.

Jamoat ta’sir chorasi qo’llanilgan kunidan bir yil o’tgandan so’ng, agar kasaba uyushmasi a’zosiga nisbatan shu muddat ichida yana jamoat ta’sir chorasi qo’llanilmasa, o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblanadi.

V. Kasaba uyushmasining tashkiliy tuzilishi va faoliyatining asosiy tamoyillari

5.1. Kasaba uyushmasi ko’ngilli jamoat tashkiloti bo’lib, ham ishlab chiqarish, ham noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab tashkil etilgan, o’z faoliyatini adolat, qonuniylik, kollegiallik, birlik, birdamlik, oshkoralik, mustaqillik, o’zini o’zi boshqarish, ixtiyoriylik, a’zo tashkilotlar huquq va majburiyatlari tengligi, quyidan yuqorigacha barcha darajadagi organlarining saylab qo’yilishi, qarorlar qabul qilish chog’ida munozara erkinligi, ozchilik fikri hisobga olingan holda qabul qilingan kasaba uyushmasi Rspublika Kengashi va Rspublika Kengashi rayosati qarorlarining a’zo tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiyligi tamoyillariga asosan amalga oshiradi.

5.2. Kasaba uyushmasi tuzilmasini kasaba uyushma guruhlari, sex kasaba uyushmasi tashkilotlari, kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotlari, kasaba uyushma birlashgan qo’mitalari, kasaba uyushma hududiy qo’mitalari va kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tashkil etadi.

Kasaba uyushmalarida xotin-qizlar va yoshlar kengashlari (qo’mitalari) tuzilishi mumkin, ular to’g’risidagi nizom ta sischi tomonidan tasdiqlanadi.

5.3. Kasaba uyushmasi o’z faoliyatini quyidagi asosda tashkil etadi:

kasaba uyushmasining barcha rahbar organlarining pastdan yuqoriga saylov yo’li bilan saylab qo’yilishi;

kasaba uyushmasi organlarining ularni saylagan kasaba uyushmasi tashkilotlari va kasaba uyushmasi yuqori organlari oldida hisobot berishi;

kasaba uyushmasining barcha tashkilotlari va organlarining ishlaridagi hamkorlik, oshkoralik;

qaror qabul qilinayotganda munozara erkinligi;

kasaba uyushmasi yuqori organlarining o’z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari quyi tashkilotlar tomonidan bajarilishining majburiyligi;

mazkur Ustavga va kasaba uyushmasining dasturiy hujjatlari prinsiplariga zid kelmaydigan dasturiy va lokal hujjatlarni qabul qilish.

Kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotlari

5.4. Kasaba uyushmasining asosini kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotlari tashkil etadilar.

O’quv yurtlarida xodimlarning kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotlari va talabalarning kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotlari tuzilishi mumkin.

5.5.Kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotlari yuridik shaxs bo’lgan korxona, muassasa, o’quv yurtlari va tashkilotlarda, kasaba uyushmasi a’zolari 5 nafardan kam bo’lmagan taqdirda tashkil etiladi.

Kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotini tuzish va kasaba uyushmasiga kirish to’g’risidagi qaror kasaba uyushmasi a’zolarining ta’sis majlisida qabul qilinadi va bu to’g’risida o’n kun ichida yuqori kasaba uyushmasi organiga xabar beriladi.

Kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasining qonunlari, kasaba uyushmalari Federasiyasi va tarmoq kasaba uyushmasi Ustavlari hamda ular tomonidan qabul qilingan qarorlar va Federasiya Kengashi rayosati tomonidan tasdiqlangan “Boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlari to’g’risida”gi namunaviy Nizom asosida ishlab chiqilgan o’z nizomlari asosida olib boradi.

5.6. Kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti o’z faoliyatida mustaqildir. Uning, shuningdek saylanma organlarining qonunchilik, Ustav, kasaba uyushmasi Respublika Kengashi qarorlariga zid bo’lmagan qarorlari yuqori organ tomonidan bekor qilinishi mumkin emas.

Kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotining qarori bilan korxonaning tarkibiy bo’linmalarida kasaba uyushmasi sex tashkilotlari va kasaba uyushmasi guruhlari tuzilishi mumkin.

5.7. Kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotining hududdagi yuqori organi umumiy yig’ilish (konferensiya)dir.

Kasaba uyushmasi boshlang’ich (sex) tashkilotida umumiy yig’ilish, (konferensiya) kasaba uyushmasi (sex) qo’mitasi (kasaba uyushmasi tashkilotchisi) tomonidan zarurat bo’lganda, lekin yilda kamida bir marta chaqiriladi.

Kasaba uyushmasi boshlang’ich, sex tashkilotlarida umumiy yig’ilish (konferensiya) o’tkazishning imkoni bo’lmaganda o’sha muddatlarda, smena bo’yicha yig’ilishlar o’tkazilishi mumkin.

Boshlang’ich tashkilot umumiy yig’ilishi (konferensiyasi)ning vakolatlari quyidagilardan iborat:

- kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti qo’mitasining (tashkilotchisining), taftish komissiyasining faoliyati to’g’risidagi hisobotlarni eshitish;

- faoliyatiga doir nizomlar va boshqa hujjatlarni qabul qilish, shuningdek ularga qo’shimcha va o’zgartishlar kiritish;

- kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti qo’mitasini (tashkilotchisini), taftish komissiyasi a’zolarini saylash, ularning tarkibidan rahbarlar (rais, rais o’rinbosari)ni saylash;

- yuqori kasaba uyushmasi tashkilotlarining saylab qo’yiladigan organlari tarkibiga vakillar saylash, yuqori kasaba uyushmasi tashkilotlarining konferensiyalari (qurultoylari)ga delegatlar saylash.

Yig’ilishni chaqirish, tahminiy kun tartibi, konferensiya chaqirilganda esa vakillar me’yori to’g’risidagi qarorni kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti qo’mitasi (kasaba tashkilotchisi) 10 kun avval e’lon qiladi.

Kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti (sex) qo’mitasining navbatdagi majlisi rais yoki uning o’rinbosari tomonidan yoki kasaba uyushmasi a’zolarining kamida uchdan bir qismining talabi hamda kasaba uyushmasi yuqori rahbar organining qarori bilan chaqiriladi.

5.8. Kasaba uyushma Boshlang’ich tashkilotining umumiy yig’ilish (konferensiya)lari joriy ishlarni olib borish uchun 5 yil muddatga quyidagilarni saylaydilar:

kasaba uyushmasi a’zolari 15 nafardan kam bo’lgan kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotida – kasaba uyushmasi tashkilotchisi, uning o’rinbosari va g’aznachini;

15 nafar va undan ortiq kasaba uyushmasi a’zosini birlashtirgan kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotida – kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti qo’mitasini va taftish komissiyasini.

5.9. Korxona, tashkilot yoki muassasa qayta tashkil etilgan taqdirda, kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotning o’z huquqiy maqomini saqlab qolgan holda faoliyat ko’rsatishni davom ettiradi.

5.10. Kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti xodimlarning manfaatlarini ifoda etadi va ularning mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini himoya qiladi, bu maqsadda:

kasaba uyushmasi yuqori organlari ko’rib chiqishi uchun hujjatlar loyihasi va takliflar kiritadi, ularni ko’rib chiqilishi natijalari to’g’risida axborot oladi;

ish beruvchilar tomonidan mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlariga, “Mehnatni muhofaza qilish to’g’risida”gi va “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi qonunlarga rioya etishlishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi;

jamoa shartnomasi qabul qilinayotganda (o’zgartirilayotganda) kasaba uyushma a’zosi(xodim)ning manfaatlarini ifodalaydi, ish beruvchi bilan mehnat jamoasi nomidan jamoa shartnomasini tuzadi va uning bajarilishini nazoratini amalga oshiradi;

mehnat jamoasining ijtimoiy rivojlanishi joriy va kelgusidagi rejalarini ishlab chiqishda qatnashadi;

korxonaning mehnat huquqiy lokal hujjatlarini ishlab chiqishda qatnashadi va qonunchilikda ko’zda tutilgan hollarda ularni kelishadi;

jamoaviy va yakka tartibdagi mehnat nizolarini hal etishda qatnashadi;

xodimlar va ularning oila a’zolarini sog’lomlashtirishni tashkil etadi, mehnat jamoasida madaniy-ma’rifiy va sport-sog’lomlashtirish ishlarini olib boradi;

a’zolik badallarini o’z vaqtida va to’la yig’ilishi, hisobotlarni haqqoniy olib borilishini ta’minlaydi, yuqori tashkilotlar bilan kelishilgan holda kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotining yillik xarajat va daromadlar smetasini tuzadi va tasdiqlaydi (a’zolar soni 15 kishigacha bo’lgan boshlang’ich tashkilotlarda smeta umumiy yig’ilish tomonidan tasdiqlanadi) hamda uni bajarilishi to’g’risida hisobot berib turadi;

tasarrufiga o’tkazilgan (foydalanishga berilgan) sanatoriy-profilaktoriy va bolalar sog’lomlashtirish oromgohlarini faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;

a’zolik badallarini mazkur Ustav va kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Rayosati belgilagan tartibda yuqori kasaba uyushmasi organlariga o’z vaqtida o’tkazadi;

o’z qarorlari, kasaba uyushmasi yuqori organlari qarorlarining bajarilishini ta’minlaydi;

kasaba uyushmasi a’zolarini kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti faoliyatida faol ishtirok etishga jalb qiladi va sharoit yaratadi, kasaba uyushma boshlang’ich tashkilot qo’mitasi komissiyalarini shakllantiradi va ularning vakolatini belgilaydi;

kasaba uyushmasi guruh tashkiloti va kasaba uyushmasi sex qo’mitalari ishlariga rahbarlik qiladi, ularga ishlarini tashkil etishlarida amaliy yordam ko’rsatadi;

kasaba uyushma a’zolarining ro’yxatini olib boradi, faollar o’qishini tashkil etadi;

kasaba uyushmasi yuqori organiga maslahat, yordam va ko’mak uchun murojaat qiladi, hisobotlar va boshqa axborotlar taqdim etadi.

5.11. Kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti qo’mitasi raisi qo’mita majlislari orasida so’rov yo’li bilan qabul qilingan qarorlarga imzo chekadi va uni tasdiqlash uchun qo’mitaning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi.

5.12. Kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti qo’mitasi o’zining ba’zi vakolatlarini kasaba uyushmasi sex qo’mitasi va kasaba uyushmasi guruhiga berishi mumkin.

Kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotlarida saylanadigan tashkilotchilar kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti qo’mitasi huquqi doirasida kasaba uyushmasi a’zolarining manfaatlarini ifoda etadi va himoya qiladi.

5.13. Kasaba uyushmasi sex qo’mitasi sex, bo’lim, bo’linma, uchastka va shunga o’xshashlarda kasaba uyushmasi ishini tashkil qiladi, kasaba uyushma guruh tashkilotchilarining ishlarini yo’naltiradi, kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti yig’ilishi (konferensiyasi), kasaba uyushmasi qo’mitasi, kasaba uyushmasi yuqori organlari qarorlarini bajarilishini ta’minlaydi.

Kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti qo’mitasi majlislari zaruratga qarab, lekin ikki oyda kamida bir marta o’tkaziladi.

Sex qo’mitasining majlislari zaruratga qarab, lekin uch oyda kamida bir marotaba o’tkaziladi.

5.14. Kasaba uyushmasi guruh tashkilotchisi yakka tartibda kasaba uyushmasi a’zolari bilan ish olib boradi, ularning har birini jamoat ishida faol qatnashishga jalb etadi, xodimlarning mehnat va maishiy sharoitlarini yaxshilash, ularning sog’liqlarini mustahkamlash va dam olishlarini tashkil etish to’g’risida g’amxo’rlik qiladi.

Kasaba uyushmasi guruhining majlislari zaruratga qarab, lekin kamida bir yilda bir marotaba o’tkaziladi.

5.15. Kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkiloti faoliyati umumiy yig’ilishi (konferensiyasi)ning qarori bilan tugatilishi mumkin, ushbu qaror kasaba uyushma Respublika Kengashi rayosati tomonidan tasdiqlanadi.

Kasaba uyushmasining birlashgan va xududiy qo’mitalari

5.16. Kasaba uyushmasining birlashgan va hududiy qo’mitalari faqat O’zbekiston temiryo’lchilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasining kasaba uyushma boshlang’ich tashkilotlarini birlashtiradi.

Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi Respublika Kengashi rayosati qarori bilan tuziladi yoki tugatiladi va o’z faoliyatini mazkur Ustav va Respublika Kengashi rayosati tomonidan tasdiqlanadigan tegishli Nizom asosida amalga oshiradilar. Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitalarining huquq va majburiyatlari, ularni tashkil etish va tugatish tartibi ushbu nizomda belgilanadi.

Kundalik ishlarni olib borish uchun o’z vakolatiga teng muddatga rayosatni saylaydi va rayosat majlislari zaruratga qarab, lekin har chorakda bir marta o’tkaziladi.

Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitalari apparatlarining tuzilmasi va shtatlari Respublika Kengashi rayosati tomonidan belgilanadi.

Birlashgan va hududiy kasaba uyushmasi qo’mitasi raisi bir vaqtning o’zida birlashgan va hududiy kasaba uyushmasi qo’mitasining kengashi va kengash rayosati raisi ham hisoblanadi.

5.17. Konferensiya birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasining hududdagi yuqori organi hisoblanadi va besh yilda kamida bir marta chaqiriladi. Ularni chaqirish, vakillik normasi va kun tartibi haqida kamida bir oy avval e’lon qilinadi. Konferensiyalar Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitalari kengashlari qarori bilan ularning o’z tashabbusiga ko’ra yoki ular tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning kamida uchdan bir qismining talabi, shuningdek Respublika Kengashi rayosati qarori bilan chaqiriladi. Ularni chaqirish, vakillik normasi va ko’zda tutilgan kun tartibi haqida kamida 20 kun avval e’lon qilinadi.

Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitalari kengashlari konferensiyalar oralig’ida rahbar organ hisoblanadilar va besh yil muddatga saylanadilar.

5.18. Konferensiya:

- Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi faoliyatining eng muhim masalalarini, Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasining va taftish komissiyasining hisobotini tinglaydi va muhokama qiladi, birlashgan va hududiy kasaba uyushmasi qo’mitasi kengash a’zolarini saylaydi yoki vakolatini tasdiqlaydi, taftish komisiyasi a’zolarini saylaydi;

- belgilangan me’yor bo’yicha kasaba uyushmasi qurultoyiga delegatlarni va kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tarkibiga o’z vakillarini saylaydi;

- birlashga va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi rayosati a zolarini saylaydi;

- birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi raisi, rais o’rinbosari va taftish komissiyasi raisini saylaydi.

5.19. Konferensiyaga saylangan delegatlar vakolatlari konfrensiyaning qarori bilan hududiy va birlashgan kasaba uyushma qo’mitasi saylangan besh yil muddatga saqlanishi mumkin.

5.20. Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi kengashi:

- Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitaning konferensiyalarini chaqiradi;

- Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi raisi o’rinbosarini, zarur hollarda raisini saylaydi, lavozimidan ozod etadi;

- zarur hollarda Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi tarkibiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega;

- Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi va ijtimoiy sug’urta byudjetlarini tasdiqlaydi, ularning bajarilishini ta’minlaydi, boshlang’ich va o’zining tasarrufidagi tashkilotlar, madaniy-ma’rifiy muassasalar va sport tashkilotlarining ishini muvofiqlashtirib boradi va moliyaviy-xo’jalik faoliyati ustidan nazorat o’rnatadi;

- o’z faoliyati to’g’risida birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasining konferensiyasiga hisob beradi;

- tarbiyaviy, ommaviy, madaniy, jismoniy tarbiya va sport, sayyohlik- ekskursiya tadbirlarini o’tkazishda kasaba uyushma tashkilotlariga amaliy yordam ko’rsatadi;

- kundalik ishlarni olib borish uchun o’z vakolat muddatiga teng muddatga ijroiya organi - rayosatini saylaydi, rais va uning o’rinbosarlari lavozimlari bo’yicha rayosat tarkibiga kiradilar.

5.21. Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi rayosati:

- birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi kengashinini chaqiradi;

- birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasining konferensiyasi, kasaba uyushmasi yuqori organlari qarorlarining bajarilishini tashkil etadi;

- korxonalarda jamoa shartnomalari loyihalarini ishlab chiqish, qabul qilish va ularni bajarilishida boshlang’ich kasaba uyushma tashkilotlariga amaliy yordam ko’rsatadi;

- boshlang’ich va tasarrufidagi boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;

- birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi devonini shakllantiradi, yuqori tashkilotlar qarorlariga mos holda tasarrufdagi tashkilotlarning rahbarlari va shtatlarini tasdiqlaydi. O’z devoni xodimlari tomonidan ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;

- kasaba uyushmasi xodimlari va faollari o’quvini tashkil etadi;

- kasaba uyushmasi xodimlari va faollarini yuqori kasaba uyushmasi tashkilotlarining Faxriy yorliqlari, nishonlari bilan taqdirlash to’g’risida taqdimnomalar kiritadi;

- kasaba uyushmasi a’zolariga kasaba uyushma byudjeti mablag’lari hisobidan moddiy yordam ko’rsatish haqida qarorlar qabul qiladi;

- zarurat tug’ilganda, lekin kamida ikki oyda bir marta rayosat majlisini o’tkazadi;

5.22. Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi majlislari oralig’ida rais va uning o’rinbosari hududiy kasaba uyushma qo’mitasi rayosatiga hisobot beradi.

5.23. Birlashgan va hududiy kasaba uyushma qo’mitasi raisi va uning o’rinbosari barcha darajalardagi davlat hokimiyati organlarida va jamoat, nodavlat notijorat tashkilotlarida kasaba uyushma tashkilotining manfaatlarini ifoda etadilar, tasarrufidagi kasaba uyushma tashkilotlari faoliyatini, doimiy komissiyalar ishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladilar, kasaba uyushma qo’mitasining devoni bo’yicha qarorlar chiqaradilar va topshiriqlar beradi.

5.24. Kasaba uyushmasi qo’mitasining faoliyatini muddatidan oldin to’xtatilishi hududiy kasaba uyushma qo’mitasining konferensiyasi qarori bo’yicha amalga oshiriladi va bu qaror kasaba uyushma Ruspublika Kengashi rayosati tomonidan tasdiqlanadi.

VI. Kasaba uyushmasining rahbar organlari

6.1. Kasaba uyushmasining rahbar organlari: kasaba uyushmasi Qurultoyi, kasaba uyushmasi Respublika Kengashi, kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosati va kasaba uyushmasi taftish komissiyasidir.

Kasaba uyushmasi Qurultoyi kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosatiga nisbatan, Respublika Kengashi esa Respublika Kengashi rayosatiga nisbatan yuqori turuvchi rahbar organ hisoblanadi.

6.2. Kasaba uyushmasining oliy rahbar organi kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan kamida besh yilda bir marotaba chaqiriladigan Qurultoydir. Qurultoy chaqirish, vakillar saylash tartibi hamda me’yori va kun tartibi uni o’tkazishdan kamida ikki oy oldin e’lon qilinadi. Qurultoy a zolardan saylangan delegatlardan iborat bo’ladi.

Navbatdan tashqari qurultoy kasaba uyushmasi Respublika Kengashining o’z tashabbusiga ko’ra yoki kasaba uyushmasi a’zolarining kamida uchdan bir qismining talabi bilan, shuningdek O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi rayosatining qaroriga muvofiq chaqiriladi. Uni chaqirish to’g’risidagi qaror va taxminiy kun tartibi bir oy oldin e’lon qilinadi.

Qurultoy qaroriga muvofiq unga saylangan delegatlarning vakolatlari navbatdagi Qurultoygacha saqlab qolinishi mumkin.

6.3. Kasaba uyushmasi Qurultoyi quyidagi vakolatlarga ega:

kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va taftish komissiyasining faoliyati to’g’risidagi hisobotni eshitish va tasdiqlash;

kasaba uyushmasi vazifalari va uning faoliyatining asosiy yo’nalishlari, kasaba uyushmasi vazifalari, vakolatlari va huquqlarini aniqlash;

kasaba uyushmasi Ustavi, dasturiy hujjatlarini, kasaba uyushmasi va kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotlari taftish komissiyasi to’g’risidagi Nizomlarni qabul qilish hamda ularga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritish;

bir vaqtning o’zida kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va uning rayosatining a’zosi hisoblanadigan kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisini 5 yil muddatga saylash;

kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va taftish komissiyasi a’zolarini 5 yil muddatga saylash;

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Qurultoyiga delegatlar va O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi tarkibiga vakillar saylash;

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi rayosati bilan kelishilgan holda kasaba uyushmasi tuzilmasini belgilash;

kasaba uyushmasini qayta tashkil etish va tugatish bo’yicha qaror qabul qilish.

6.4. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Qurultoylar orasidagi davrda rahbar organdir. Respublika Kengashi Qurultoyda besh yil muddatga saylanadi va faqat Qurultoyga hisobot beradi.

6.5. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi vakolatlari:

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Qurultoylari, Federasiya Kengashi va uning Rayosati qarorlarini hamda tarmoq kasaba uyushmasi qurultoyida qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlaydi;

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi va O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi o’rtasida tuzilgan Bosh kelishuvga asoslangan holda tegishli vazirliklar bilan hamkorlikda tarmoq kelishuvini tasdiqlaydi;

tarmoq xodimlariga daxldor ijtimoiy-iqtisodiy masalalar majmuasi bo’yicha bosh Kelishuvga kiritish uchun O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasiga takliflar kiritadi;

tarmoqqa kiruvchi barcha kasaba uyushma tashkilotlarining mehnatni muhofaza qilish ishlari ustidan jamoatchilik nazoratini olib borish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi va yo’naltirib boradi;

kasaba uyushmasi Respublika Kengashi Rayosatining son jihatdan tarkibini aniqlaydi va 5 yil muddatga sayladi;

zarur hollarda O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashidagi o’zining vakillarini chaqirtirib olish va o’rniga yangi vakillarni saylash, Respublika Kengashi tarkibiga, kasaba uyushmasi taftish komissiyasi bilan birgalikdagi qo’shma majlisda komissiya tarkibiga o’zgartirishlar kiritish to’g’risida qaror qabul qiladi (ovoz berish alohida o’tkaziladi);

quyi kasaba uyushma tashkilotlarining amaldagi qonunchilikka va mazkur ustavga zid ravishda qabul qilgan qarorlarini bekor qiladi;

ushbu ustavning 15.1.-bandida ko’rsatilgan hollarda, kasaba uyushmasi Ustavi va boshqa hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritadi;

Qurultoyga o’z faoliyati bo’yicha hisobot beradi;

kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosatining faoliyati bo’yicha hisobotini eshitadi;

kasaba uyushmasi ramzini qonunda belgilangan tartibda tasdiqlaydi;

kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisining o’rinbosarini saylaydi va lavozimidan ozod etadi;

kasaba uyushmasi Respublika Kengashi qarori bilan Kengash vakolatiga kiruvchi ayrim vakolatlar kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosatiga berilishi mumkin;

kasaba uyushmasi Respublika Kengashi majlisi zaruratga qarab, lekin kamida bir yilda bir marotaba chaqiriladi;

ayrim (shu jumladan, rais o’z hohishiga ko’ra yoki boshqa ishga o’tganligi, salomatligi yomonlashgani tufayli o’z vazifalarini bajara olmay qolgan) hollarda Qurultoylar oralig’ida kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisini saylaydi va lavozimidan ozod qiladi;

Qurultoylar oralig’idagi davrda kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi o’z xohishiga ko’ra lavozimidan ozod etilgan holda, Qurultoy o’tkazilguniga qadar kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi vazifasini bajarishni uning o’rinbosariga yuklash to’g’risida qaror qabul qiladi.

6.6. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi joriy va tashkiliy masalalarni hal etish uchun o’z tarkibidan, vakolati muddatiga, kasaba uyushmasi Respublika Kengashining rayosatini saylaydi. rayosat tarkibiga kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi, uning o’rinbosari va kasaba uyushmasi Respublika Kengashining boshqa a’zolari kiradilar.

6.7. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosati vakolatlari:

kasaba uyushmasi Respublika Kengashi majlislari orasida kasaba uyushmasi faoliyatini boshqaradi, kasaba uyushmasi Qurultoyi va Respublika Kengashi qarorlarini bajarilishini tashkil qiladi va nazorat etadi hamda bajarilgan ishlar to’g’risida Respublika Kengashining navbatdagi majlisda axborot berib turadi;

kasaba uyushmasi Respublika Kengashi majlisini chaqiradi, kun tartibi to’g’risida takliflar kiritadi, uni o’tkazish joyi va vaqtini belgilaydi;

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi rayosati bilan kelishgan holda kasaba uyushmasi Markaziy apparatining shtat jadvali, daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;

kasaba uyushmasi a’zolari sonidan kelib chiqib kasaba uyushmasi tashkilotlarining haq olib ishlaydigan xodimlar sonining me’yorini, kasaba uyushma tashkilotlarining xo’jalik ishidan ozod etilmagan raislariga qo’shimcha to’lovlar miqdorini Federasiya Kengashi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga amal qilgan holda belgilaydi;

kasaba uyushmasi Respublika Kengashiga taqdim etiladigan axborot, statistik va boshqa hujjatlar ro’yhatini belgilaydi;

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashining Ehtirom Nishoni, Faxriy yorlig’i bilan taqdirlash to’g’risidagi takliflarni Federasiya Kengashiga kiritadi;

boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi va ishlarini muvofiqlashtiradi, boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotlarining faoliyati bo’yicha hisobotini eshitadi;

O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi rayosati bilan kelishilgan holda kasaba uyushmasi xalqaro birlashmalariga kirish (chiqish) to’g’risida qarorlar qabul qiladi;

kasaba uyushmasi byudjetini boshqaradi, kasaba uyushmasi a’zolik badallarining amaldagi tushumidan kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotlariga qoldiriladigan qismini O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi tomonidan tasdiqlangan me’yorlar asosida (foiz hisobida) belgilaydi;

kasaba uyushmalarining sanatoriy-kurort, sport, jismoniy tarbiya va sog’lomlashtirish, madaniy-ma’rifiy muassasalari, shuningdek, kadrlar malakasini oshirish muassasalari faoliyatining asosiy yo’nalishlarini belgilaydi;

Respublika Kengashi majlisi oralig’ida kasaba uyushmasi mulkiga egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish, shu jumladan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan kasaba uyushmasiga foydalanish uchun beg’araz berilgan ob’ektlardan foydalanish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi va keyinchalik tasdiqlash uchun Respublika Kengashiga kiritadi;

Ustavda belgilangan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosatining majlislari zarur hollarda, lekin chorakda kamida bir marotaba o’tkaziladi.

6.8. Mazkur Ustav bo’yicha yuqori turuvchi organ qaror qabul qilish davomida buysunuv bo’yicha quyi turuvchi organ vakolatlariga doir masalalarni ham hal etishi mumkin.

SHu munosabat bilan, yuqori turuvchi organ buysunuv bo’yicha quyi turuvchi organning, yuqori turuvchi kasaba uyushmasi tashkiloti esa quyi turuvchi kasaba uyushmasi tashkilotining qonun va mazkur Ustav talablariga zid qarorlarini qayta ko’rib chiqish uchun tegishli organ yoki vakolatli shaxsga yuborishi, kollegial organlar vakolatiga doir masalalar yuzasidan esa uning navbatdan tashqari yig’ilishini belgilangan tartibda chaqirishi mumkin.

Kechiktirib bo’lmaydigan hollarda quyi turuvchi organ yoki kasaba uyushmasi tashkilotining qonun va Ustav talablari zid qarorlari yuqori turuvchi organ yoki kasaba uyushmasi tashkiloti tomonidan qisman yoki to’liq bekor qilinishi mumkin.

VII. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi

kasaba uyushmasi va uning saylanma organlarini ifoda etadi;

kasaba uyushmasi Qurultoyi, Respublika Kengashi va rayosati qarorlarini bajarilishini nazoratini tashkil etadi;

kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va uning rayosati ishini boshqaradi, ularning masjlislarini o’z vaqtida o’tishini ta’minlaydi, kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosatini chaqiradi;

qaror qabul qilinayotganda fikrlar teng bo’linganda qo’shimcha ovoz huquqiga ega;

masjlislar orasida so’rov usuli bilan qabul qilingan kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosati qarorlariga imzo chekadi va uni tasdiqlash uchun rayosatning navbatdagi majlisi kun tartibiga kiritadi;

mazkur Ustavda ko’zda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida pul mablag’lari va mol-mulkini boshqaradi;

kasaba uyushmasi Markaziy apparatini shakllantiradi va uning xodimlari bilan mehnat shartnomasini tuzadi (bekor qiladi);

kasaba uyushmasi Markaziy apparati ishlari masalalari bo’yicha farmoyishlar chiqaradi;

Respublika Kengashi rayosatini chaqiradi, muhokama qilinadigan masalalar yuzasidan majlisga materiallar tayyorlanishini tashkillashtiradi, Rayosat majlisiga masalalarni kiritadi, qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlaydi va nazorat qiladi.

Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi etib kasaba uyushmasining a’zosi saylanishi mumkin. Respublika Kengashi raisi Qurultoy tomonidan 5 yil muddatgacha saylanadi. Kasaba uyushmasi raisi bilan mehnat shartnomasini kasaba uyushmasi nomidan uni saylagan organ vakolat bergan shaxs imzolaydi.

Belgilangan tartibda Respublika Kengashi bilan kelishish uchun kiritilgan normativ va normativ-huquqiy hujjatlarni imzolaydi;

kasaba uyushmasi saylanma organlari unga vakolat bergan boshqa vazifalarni bajaradi.

7.1. Kasaba uyushma apparati.

Kasaba uyushmasi organlari maqsadlari va vazifalarini amalga oshirish uchun doimiy asosda faoliyat yurituvchi kasaba uyushma apparati shakllantiriladi.

Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi raisi kasaba uyushma apparati faoliyatiga bevosita boshchilik qiladi.

VIII. Kasaba uyushmasi Qurultoyi, konferensiya, yig’ilish, saylanma organlar majlislarini vakolatli bo’lishi, qarorlar qabul qilish va ovoz berish shakllari

8.1. Qurultoy va konferensiyalarda delegatlarning kamida uchdan ikki qismi qatnashganda vakolatli deb hisoblanadi.

8.2. Kasaba uyushmasi tashkilotlari umumiy yig’ilishlari va saylanma organlar majlislari ishida ushbu tashkilot kasaba uyushmasi a’zolari, saylanma organ a’zolarining yarmidan ko’pi qatnashsa vakolatli hisoblanadi.

8.3. Kasaba uyushmasi Qurultoy, konferensiya, umumiy yig’ilish, saylanma organlar majlislari qarorlari qatnashayotgan delegat, yig’ilish qatnashchilari yoki saylanma organlar a’zolarining yarmidan ko’pi ovoz berganda qabul qilingan hisoblanadi.

8.4. Ovoz berish (ochiq yoki yashirin) shaklini kasaba uyushmasi Qurultoyi, konferensiyasi delegatlari, yig’ilish qatnashchilari, saylanma organlar a’zolari belgilaydilar.

8.5. Xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilishni kasaba uyushma qo’mitasining (Mehnat kodeksi 101-moddasi), shuningdek ishlab chiqarishdagi ishidan ozod qilinmagan holda kasaba uyushmalari idoralari tarkibiga saylangan xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko’ra bekor qilishga tegishli kasaba uyushma birlashmasi idorasining roziligini olish (“Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to’g’risida”gi qonun 18-moddasi) yuzasidan taqdimnomani tegishli kasaba uyushmasi organi tomonidan ko’rib chiqish tartibi O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasi Kengashi tomonidan belgilanadi.

IX. Kasaba uyushmasi tashkilotlarining taftish komissiyalari

9.1. Kasaba uyushmasi tashkilotlarining taftish komissiyalari mustaqil organ bo’lib ular tegishli ravishda kasaba uyushma boshlang’ich tashkiloti yig’ilishi, konferensiyasi va Qurultoyida tegishli saylanma organlar bilan bir vaqtda ushbu organlarning vakolat muddatlariga teng muddatga saylanadilar.

9.2. Taftish komissiyalar o’z faoliyatlarini kasaba uyushmasi Ustavi va Qurultoy tasdiqlaydigan kasaba uyushmasi va kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotlari taftish komissiyalari to’g’risidagi Nizomga muvofiq olib boradilar.

9.3. Kasaba uyushmasi taftish komissiyasining faoliyatini O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Nazorat-taftish komissiyasi muvofiqlashtiradi va yo’naltiradi.

9.4. Taftish komissiyalar tegishli ravishda o’zlarini saylagan umumiy yig’ilishlar, konferensiyalar, Qurultoyga hisob beradilar.

X. Kasaba uyushmasining pul mablag’lari va mol-mulkini shakllantirish manbalari

10.1. Kasaba uyushmasining mulki va mablag’lari a’zolarning oylik a’zolik badallaridan, xodimlar va ularning oila a’zolarini sog’lomlashtirish uchun yagona ijtimoiy to’lovdan yo’naltirilgan ajratmalar, qonunlarda belgilangan tartibda tadbirkorlik, xo’jalik va boshqa tijorat faoliyatidan olingan, ustav maqsadlariga yo’naltiriluvchi daromadlar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy mulkiy badallari va homiylik mablag’lari, qonunlarda taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantiriladi.

10.2. Oylik a’zolik badallari ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar (stipendiyalar)dan kamida bir foiz miqdorida belgilanadi.

Kasaba uyushmasi a’zosining arizasiga asosan u o’z xohishi bilan belgilangan miqdordan ortiq badal to’lashi mumkin.

Kasaba uyushmasida hisobda turgan ishlamaydigan pensionerlar respublikada belgilangan yoshga doir eng kam pensiyaning, ishni vaqtincha to’xtatgan shaxslar mehnatga haq to’lash YAgona tarif setkasining birinchi razryadiga nisbatan hisoblangan ish haqining bir foizi miqdorida badal to’laydilar, stipendiya olmaydigan talabalar, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o’quvchilari, uch yoshgacha bolasini parvarishlash ta’tilida bo’lgan ayollar a’zolik badali to’lashdan ozod etiladilar.

Kasaba uyushmalari a’zolari bo’lgan dehqon xo’jaliklari egalari, yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug’ullanadigan shaxslar a’zolik badallarini yilda bir marta, ular tomonidan yillik daromadlari to’g’risida to’ldirilgan deklarasiyada ko’rsatilgan summaning kamida bir foizi miqdorida to’lashlari mumkin.

Mablag’lar madaniy-ommaviy va jismoniy tarbiya-sog’lomlashtirish tadbirlariga, kasaba uyushmasi a’zolariga moddiy yordam ko’rsatish, haq olib ishlaydigan xodimlarni saqlash va boshqa ustav maqsadlariga smetaga muvofiq sarflanadi.

10.3. Kasaba uyushmasi Respublika Kengashi byudjeti smetasi Respublika Kengashi rayosati qarori bilan tasdiqlanadi.

10.4. Boshlang’ich kasaba uyushmasi tashkilotini shtat birligi, kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosati qarori bilan tasdiqlangan me’yorda, uning kasaba uyushmasi a’zolari soni hamda moliyaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda shakllantiriladi.

Kasaba uyushmasi Markaziy apparati shtat jadvali Federasiya Kengashi rayosati bilan kelishilgan holda shakllantiriladi va Respublika Kengashi rayosati qarori bilan tasdiqlanadi.

Kasaba uyushmasi organlari xodimlarining, rahbarlarining ham mehnatlariga haq to’lash shartlari, shuningdek, lavozim maoshlari miqdorini kasaba uyushmasi Respublika Kengashi rayosati tomonidan Federasiya tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarga amal qilgan holda belgilaydi.

10.5. Kasaba uyushmasi mulk huquqi bilan o’ziga tegishli bo’lgan mol-mulk va pul mablag’lariga egalik qiladi, foydalanadi va tasarruf qiladi. Pul mablag’ini istalgan bankda ustama foiz hisobiga saqlash va depozitga qo’yish, aksiyalar sotib olish huquqiga ega.

10.6. Kasaba uyushmasi boshlang’ich tashkilotining faoliyati tugatilganda uning mol-mulki va pul mablag’i kreditorlarning talabini qanoatlantirish uchun ishlatiladi. Qolgan mablag’ kasaba uyushmasi Ustavi belgilagan maqsad va vazifalarni bajarish uchun sarflanadi.

10.7. Kasaba uyushmasi mulki hisoblangan yoki uning ishonchli boshqaruvida, beg’araz foydalanishida yoki boshqa mulkiy huquq asosida uning foydalanishida bo’lgan mol-mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf etish, shuningdek, kasaba uyushmasi tomonidan mol-mulkni sotib olish va boshqalar ixtiyoriga ajratib berish, o’tkazish, vaqtincha foydalanishga berish masalasi bo’yicha qaror Ustavda belgilangan tartibda Respublika Kengashi va Respublika Kengashi rayosati tomonidan qabul qilinadi;

XI. Kasaba uyushmasida mehnat munosabatlari

11.1. Kasaba uyushmalari organlarining apparat xodimlari bilan mehnat munosabatlari, ular bilan mehnat shartnomasi tuzish yo’li bilan lavozimga qabul qilish (umumiy tartibda nomuayyan muddatga) va mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari, jamoa shartnomalari va boshqa lokal normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.

11.2. Kasaba uyushma organlari apparatlari o’z faoliyatini rayosatda tasdiqlangan reglament asosida amalga oshiradi.

11.3. Saylanma lavozimlarga saylangan xodimlar bilan 5 yilga muddatli mehnat shartnomalari tuziladi. Mehnat shartnomasi umumiy yig’ilish, konferensiya, Qurultoy nomidan umumiy yig’ilish, konferensiya, uni saylagan organ vakolat bergan shaxs tomonidan imzolanadi.

11.4. SHtatdagi kasaba uyushmasi xodimlarining shaxsiy varaqalari va mehnat daftarchalari mehnat shartnomasi (kontrakt) tuzilgan kasaba uyushma tashkilotida saqlanadi.

XII. Kasaba uyushmasining hisobi va hisoboti

12.1. Kasaba uyushmasi o’z faoliyatining natijalari hisobini olib boradi va belgilangan tartibda o’z hisobotlarini ro’yxatdan o’tkazgan organ, statistika va soliq idoralariga taqdim etadi.

XIII. Kasaba uyushmasi va uning organlarini yuridik shaxs sifatida huquqlari

13.1. Kasaba uyushmasi yuridik shaxs hisoblanadi va o’zining belgilangan namunadagi muhri, shtampi, xos qog’ozi va banklarda o’z hisob raqamlariga ega bo’lishi mumkin.

13.2. Kasaba uyushmasi o’z faoliyatini amalga oshirish uchun mustaqil ravishda Ustav, Nizomlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, faoliyatining maqsadini, shakl va uslublarini belgilaydi, Qurultoy, konferensiyalar, yig’ilishlar chaqiradi va boshqa tadbirlar o’tkazadi.

13.4. Kasaba uyushmasi belgilangan tartibda ro’yxatdan o’tkazilgan o’zining ramzi (timsoli)ga ega bo’ladi.

XIV. Kasaba uyushmasini qayta tashkil etish va tugatish tartibi

14.1. Kasaba uyushmasini qayta tashkil etish (birlashish, qo’shilish, bo’l