» Madaniyat

Madaniyat

O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan so’ng madaniy-ma’rifiy sohada tubdab o’zgarishlarni amalga oshirish boshlandi. Bu jarayonda ma'naviy va ma’rifiy sohalar davlat siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri qilib tan olindi. Bu esa o’z o’rnida respublikamizning madaniy-ma’rifiy tashkilotlarini tubdan yangilashni talab qiladi. Mustaqillik g’oyasi va milliy- ma'naviy islohotlar asosida kasaba uyushma madaniy-ma’rifiy tashkilotlari faoliyati o’zgartirildi, bu esa yangi tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqishni talab qildi.

Madaniy-ma’rifiy tashkilotlar bu korxonalar, tashkilotlar va xo’jaliklar mablag’lari evaziga qurilgan madaniyat saroylari va uylari, kutubxonalar va istirohat bog’lari aholiga xizmat ko’rsatish uchun kasaba uyushmalari qaramog’iga berilgan.

Madaniy-ma’rifiy tashkilotlar o’zining faoliyatini Konstititsiya va O’zbekiston Respublikasi qonunlari, Respublika Prezidenti farmonlari, Vazirlar Mahkamasi farmoni, O’zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi farmonlari, hamda Sharq va butun jahon buyuk ulamolarining nazariyalari va o’rganishlari, madaniyat, ma'naviyat, ma’rifat va ijod haqidagi zamonaviy olimlarning olg’ir fikrlariga asosan amalga oshiradi.

Madaniy-ma’rifiy tashkilotlar ma'naviy yuksalishga va aholi bilimini oshirishga, fikrlash doirasini kengaytirishga, ijodiy iste’dodlarni rivojlantirishga, bo’sh vaqtdan unumli foydalishga sabab bo’ladi. Madaniy-ma’rifiy tashkilotlari kasaba uyushma a’zolari o’rtasida mafkuraviy, ma'naviy,madaniy-ma'rifiy va ijodiy ishlarni olib boradilar.

Ularning asosiy vazifalari:

  • Odamlarga bo’sh vaqtlarini samarali ishlatishga va ma’naviy boyishga ko’maklashish;
  • Aholining madaniy, ma’rifiy va ijodiy faoliyatiga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish;
  • Xalq ijodiyoti, urf-odatlari, bayramlari va bo’sh vaqtni o’tkazish bilan bo’liq bo’lgan tadbirlarni tashkil etish;
  • Milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy va zamonaviy g’oyalarni, bilim va tajribalarni targ’ibot qilish.
Aksiyadorlik jamiyati tarkibida 8 ta madaniyat saroylari, 18 ta kutubxona mavjud bo’lib, ularda temiryo’lchilar va ularning oila a’zolari hamda mehnat qilayotganlar o’rtasida madaniy-ommaviy ishlar olib boriladi.Klub muassasalari tomonida 2014 yilda 137144 ta soha mehnatkashlari va ularning farzandlari qatnashgan 261 ta turli tadbirlar o’tkazildi. Madaniyat saroylari va uylarida tashkil qilinga to’garaklarda 830 ta kattalar va 2417 ta bolalar shug’ullanmoqda.

Korxona kasaba uyushma kutubxonalarida 149403 ta, kasaba uyushma kutubxonalarida esa 99546 ta kitoblar (badiiy, bolalar, texnik, siyosiy, tabiiy bilim) mavjud. 2014 yilda moddiy-texnik bazani mustahkamlash uchun, jamiyat tomonidan kitoblarni sotib olish uchun 10,0 mln. so’m, kasaba uyushmalari tomonidan 8,8 mln. so’m miqdorda mablag’ ajratilgan edi. Kutibxona xizmatlaridan 18723 ta oq’uvchilar foydalanmoqdalar, ulardan 967 tasi bolalardir.

Badiiy havaskorlik to’garagi ishtirokchilari muhim sanalarga bag'ishlangan madaniy-ommaviy tadbirlarlarda hamda bolalar oromgohlarida faol ishtirok etadilar.

Kutubxonalarda bolalarning yozuvchilar bilan uchrashuvi, muhim sanalarga bag’ishlangan kitob ko’rgazmalari, “Ko’p mutoaala qiluvchi oila”, “Eng zo’r kutubxona ”, “Har bir oilaga bir kitob” mavzularida tanlovlar tashki qilindi.

Tanlov g’oliblari kasaba uyushmalri Respublika Kengashi tomonidan esdalik sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Markaziy temiryo’lchilar madaniyat saroyi ijtimoiy-madaniy markaz sifatida temiryo’lchilar transport quruvchilari, ularning oila a’zolari va poytaxt aholisi orasida madaniy-ommaviy tadbirlarni tashkil etadi va yo’naltirib turadi. Xukumatning 1983 yil 6 noyabrdagi 637-son qaroriga asosan Respublika ahamiyatidagi madaniy meros ob’ektlari davlat ro’yxatiga kiritilgan. Bo’sh vaqtni ko’ngilli o’tkazishni istagan barcha kishilar uchun zarur bo’lgan sharoitlarni yaratib beradi. MTMS faolitining asosiy yo’nalishi mehnatkashlar va aholiga madaniy xizmat ko’rsatish, yosh avlodni onazaminga muhabbat, mustaqilligimizga mas’ullik tuyg’ularni tarkib toptirish maqsadida ularni yuksak vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy va estetik ruhda tarbiyalash ishlarini beradigan, milliy madaniyatimiz, an’ana va qadriyatlarimizni saqlash va boyitish: buyuk tariximiz, boy madaniy merosimizga hurmat bilan munosabatda bo’lish, shuningdek keng omma e’tiborini mustaqil badiiy ijodga jalb etishdan iborat.

MTMS o’z faoliyatida aholining bilimini oshirish, ruhan o’stirish, dunyoqarashini kengaytirish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, bo’sh vaqtdan unumli foydalanish imkoniyatlari ro’yobga chiqariladi.

MTMS jamoasiga o’z ishi, o’z kasbini sevgan kishilar jamlangan. Badiiy havaskorlik to’garagining rahbarlari oliy ma’lumotli, bolalar va yoshlar bilan ishlash tajribasiga ega mutaxassislardan iborat.

MADANIYAT SAROYLARI NUFUZI YANYADA ORTMOQDA

«O’zbekiston temir yo’llari» AJ tasarrufidagi Madaniyat saroylari ona zaminga muxabbat, yuksak vatanparvarlik, ma’naviy-ahloqiy va estetik ruxda tarbiyalashda ta’lim maktablari bilan bir qatorda faoliyat olib borayapti.

Tizimda Markaziy temiryulchilar madaniyat saroyidan tashqari Xovos, Qo’qon, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz shaharlaridagi temir yo’l tasarrufidagi madaniyat saroylari va klublari ham samarali faoliyat yuritib kelmoqda.

«O’zbekiston temir yo’llari» AJ hamda O’zbekiston temiryo’lchilari va transprt quruvchilari kasaba uyushmasi Respublka Kengashi tashabbusi bilan madaniyat maskanlari zamon talabiga to’liq javob beradigan shart-sharoitlar, mablag’, ashyo va jihozlar bilan to’lik, ta’minlangan. Shuningdek, saroylarda tashkil etilgin badiiy havaskorlik jamoalari cholg’u asboblar, sahna liboslari, ovoz kuchaytirish moslamalari, zamonaviy texnik vositalar bilan to’la ta’minlangan.

Bugungi kunda Markaziy temiryulchilar madaniyat saroyida 24 tadan ortik, badiiy havaskorlik jamoalari, to’garaklar, studiyalar faoliyat olib bormoqda, a’zolar soni esa 446 nafardan ortdi. Madaniyat saroyida xalq ogzaki ijodiyoti, boy madaniy merosimiz, buyuk tariximiz milliy musiqiy san’atimiz, an’ana va qadriyatlarimizni saqlash, boyitish, yosh avlod qalbida ona zaminga muxabbat va xurmat tuygularini singdirish maqsadida bir qator milliy ansambllar tashkil etilgan. Yurtimiz hayotiga va aksiyadorlik jamiyati hayotiga taalluqli bo’lgan barcha bayram tadbirlarida saroyda tashkil etilgan bolalar va yoshlar badiiy havaskorlik jamoalari ishtirok etib, konsert dasturlari o’tkazib kelinmoqda.

«Navro’z» umumxalk, bayrami, «Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni»ga bag’ishlangan bayramlarda «Serpantinki», «Jasmin», «Siluet», «V-element», bolalar badiy havaskorlik jamoalari Toshkent shahridagi bolalar mehribonlik uylarida, «Qibray», «Burchmulla» va «Yangi avlod» dam olish maskanlarida quvnoq va qiziqarli konsert dasturlarini namoyish etib tengdoshlari olqishiga sazovor bo’lib, kelmokdalar.

Bugungi kunda madaniyat saroylari va klublari nufuzini yanada oshirish, tashkil etilgan barcha jamoalar ishini yuqori professional darajaga ko’tarish, to’garaklar ishini yanada mustahkamlash yo’lida, hamda ma’naviy, madaniy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish borasida madaniyat maskani xodimlarining mahorat, g’ayrat-shijoati katta bo’lmokda.

«LOKOMOTIV» MARKAZIY JISMONIY TARBIYA VA SPORT KLUBI SOG’LOM AVLOD TARBIYASI YO’LIDA

Mamlakatimizda Previdentimiz Islom Karimov rahnamoligida yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, kelajagimiz vorislarini sport- sog’lomlashtirish tadbirlariga keng jalb etish borasida katta ko’lamli ishlar bajarilmoqda. «O’zbekiston temir yullari» AJ tomonidan bolalar va yoshlar sportiga bo’lgan e’tibor yildan-yilga ortib bormoqda. Jamiyat tasarrufidagi sport majmualari ko’payib borishi bilan bir qatorda ulardagi shart-sharoitlar yanada yaxshilanayotir, mavjud sport maskanlarida shug’ullanayotgan yoshlarning soni ham tobora ortib boryapti. E’tiborlisi, «Lokomotiv» Markaziy jismoniy tarbiya va sport klubi hamda uning filiallarida yoshlarni sportga jalb etishda ko’p ijobiy ishlar hayotga tatbiq, etilyapti.

Ushbu maskanlarda temiryo’lchilar va ularning farzandlari sportning turli yo’nalishlari bilan shug’ullanib, jismonan sog’lom bo’lib voyaga etishmoqda. Bugungi kunda poytaxtdagi «Lokomotiv» markaziy jismoniy tarbiya va sport majmuasi hamda uning Xovos, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Qo’ng’irot, Urganch va Qo’qon shaharlaridagi tarmoqlari zamonaviy sport jihozlari va barcha sharoitlarga ega bo’lib, ularda oxirgi besh yillikda 17234 nafar soha xodimlari shug’ullanishgan. Shulardan 4959 nafardan ortig’i esa o’n olti yoshgacha bo’lgan bolalardan iborat.




«Lokomotiv» jamoasi tarbiyalanuvchilaridan iborat o’smir va yoshlarimiz o’tgan besh yil ichida Evropa, Osiyo va jahon chempionatlarida boks, sambo, yunon-rum kurashi, turon jangi bo’yicha o’tkazilgan musobaqalardan 17 ta sovrinli o’rinlarni egallashdi. Shuningdek, shu vaqt mobaynida klubda 12 ta xalqaro toifadagi sport ustasi, 64 ta sport ustasi, 192 ta sport ustasi nomzodlari etishib chiqdi.
«Lokomotiv» futbol jamoasining erishayotgan muvaffaqiyatlari ham e tirofga loyiq. Jamoa 2014 yilda milliy chempionatda ikkinchi o’rinni egallab, kubok sohibi bo’lgan bo’lsa, 2015 yilda esa super kubok g’olibi bo’ldi. Bularning bari aksiyadorlik jamiyati rahbariyati va O’zbekiston temiryo’lchilarilari va transport quruvchilari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi tomonidan yosh avlodni sportga keng jalb etish orqali ularning sog’lom va barkamol voyaga etishini ta’minlash, kelajagi porlok umidli chempionlarni etishtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ezgu ishlarning mevasidir.